fbpx
Tvorogli bulochkalar

Tvorogli bulochkalar

Masalliqlar:

  • asosiga

Yo’nalishlar

Tvorogli bulochkalar — ajoyib ko’rinishga ega, uyda tayyorlash mumkin bo’lgan eng mazali pishiriqlardan biri bo’lib, tayyorlash jarayoni umuman qiyinchilik tug’dirmaydi.

Bulochkalarning ichi nafis chiqishi uchun esa silliq ko’rinishli tvorogdan foydalanishni tavsiya qilamiz.

 

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 20 000 so’m sarf qilinadi.*

 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

500 gramm un
80 gramm sariyog'
320 millilitr sut
5 osh qoshiq shakar
1 osh qoshiq vanil shakari
1 choy qoshiq quruq xamirturush
1 ta tuxum
1 choy qoshiq tuz
asosiga
500 gramm tvorog
1 osh qoshiq un
2 ta tuxum
4 osh qoshiq shakar
Qadam 1
Tugallandi

Iliq sutga tuxum, shakar va tuzni solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

So'ng un, xamirturush, yumshoqina sariyog'ni solib, xamir qorib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni iliq joyga 1 soatga qoldiramiz. Bu vaqt mobaynida xamir ikki hissaga ko'tarilishi lozim.

Qadam 4
Tugallandi

Asosi uchun tvorog, shakar, un, tuxum va bitta tuxum oqini solib, aralashtirib olamiz. Bitta tuxum sarig'ini esa ustiga surtish uchun olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni olib, teng ikkiga bo'lamiz. Har birini to'rtburchak shaklda yupqaroq qilib yoyamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tvorogli aralashmani surtamiz va ularni ruletsimon shaklda o'raymiz.

Qadam 7
Tugallandi

4-5 sm qalinlikda kesib chiqib, qolipga terib chiqamiz. Tuxum sarig'i surtamiz.

Qadam 8
Tugallandi

170 C darajada qizigan pechda 25 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Bulochkalarni issiqligida dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm un
80 gramm sariyog'
320 millilitr sut
5 osh qoshiq shakar
1 osh qoshiq vanil shakari
1 choy qoshiq quruq xamirturush
1 ta tuxum
1 choy qoshiq tuz
asosiga
500 gramm tvorog
1 osh qoshiq un
2 ta tuxum
4 osh qoshiq shakar
oldingi
Videoretsept: go’shtli pirog
keyingi
Batafsil fotoretsept: «Twix» shokoladi

Fikringizni qo'shing

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.