fbpx
“Qurtova” salati

“Qurtova” salati

Masalliqlar:

  • Aralashmasiga:

Yo’nalishlar

Tovuq, pomidor va suxarilardan tayyorlanilgan salat har kunlik taomnomangizni boyitishda yordam beradi. Bunday salat aralashmasini suzmadan tayyorlaymiz.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 22 000 so’m sarf qilinadi.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

400 gramm qaynatilgan tovuq filesi
150 gramm pomidor
200 gramm bodring
30 gramm suxarilar
bir nechta shoxcha kashnich
Aralashmasiga:
100 gramm suzma
50 gramm sariyog'
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugllandi

Sariyog'ni mikroto'lqinli pech yoki gazda eritib olamiz. So'ng olib, ichiga suzmani solamiz. Tuz va murch sepib, yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Tovuq go'shti, pomidor va bodringni bir xil kattalikda to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Tog'orachaga to'g'ralgan sabzavotlar, tovuq, to'g'ralgan ko'katlar va suzmani solib, aralashtirib olamiz.

Dasturxonga tortishdan oldin suxarilarni solamiz, yana bir bor aralashtirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

400 gramm qaynatilgan tovuq filesi
150 gramm pomidor
200 gramm bodring
30 gramm suxarilar
bir nechta shoxcha kashnich
Aralashmasiga:
100 gramm suzma
50 gramm sariyog'
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Videoretsept: Mevali shirin rollar
keyingi
Tovuqdan tayyorlangan paprikash

Fikringiz