Videoretsept: Pitsa

Videoretsept: Pitsa

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Pomidorli qaylasiga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Pitsa — italyancha taomlarning ichida eng sevimli va ommalashganlaridan biri bo’lib, butun dunyoda sevib iste’mol qilinadi. Uning mazali chiqishi nafaqat asosiga, balki uning xamiriga ham katta bog’liqdir.

Haqiqiy italyancha pitsa pishirmoqchi bo’lsangiz, unda bizning videoretseptga e’tiboringizni qarating.

Masalliqlar:

Xamiriga:
3 stakan un
1 stakan iliq sut
100 gramm margarin yoki sariyog'
1 dona tuxum
1 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq tuz
1 osh qoshiq quruq xamirturush
Pomidorli qaylasiga:
3 ta pomidor
1 bosh piyoz
qovurish uchun o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga qarab oregano
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
yarim stakan qaynoq suv
Asosiga:
200 gramm motsarella pishlog'i
50 gramm dudlangan kolbasa
50 gramm dudlangan kurka go'shti
10 dona marinadlangan shampinyon
10 dona zaytun mevasi
Qadam 1
Tugllandi

Xamiri

Xamir uchun opara tayyorlab olamiz — ¼ iliq sutga, xamirturush, shakar, tuz va un solib aralashtiramiz va 15 daqiqaga olib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Xamirga solinadigan qolgan barcha masalliqlarni, xamirturushli aralashmani solib, xamir qoramiz.

Qadam 3
Tugllandi

Xamirni qorib bo'lganimizdan so'ng ustini yopib, 30 daqiqaga iliq joyga olib qo'yamiz.

So'ng yana bir bor mushtlab olamiz va pishirishga o'tamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Pomidorli qayla

Piyoz va sarimsoqpiyozni mayda to'g'rab olamiz va yog' solingan tovaga solib, qovurib olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Pomidorlarni po'stini archamiz va piyoz ustidan solamiz. qayla quyuqlashgunicha dimlaymiz.

Tuz, murch va ziravorlarni sepamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Xamirni 5 mm qalinlikda yal;ana qilib yoyamiz.

So'ng olib, gaz pechi patnisiga joylashtiramiz.

Qadam 7
Tugllandi

Pitsa xamiriga pomidorli qayla surtib chiqamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Go'sht, kolbasa va zaytu mevalarini yupqa to'g'rab olamiz va xamirning ustidan terib chiqamiz.

Motsarella pishlog'ini qattig'ini yoki yumshog'ini ham ishlatsak bo'ladi. Yumshoq motsarellani parrak qilib to'g'rasak, qattig'ini qirg'ichdan chiqarib olamiz.

Motsarellaning bu ikki turi ham bizlarda sotiladi.

Qadam 9
Tugllandi

200 C da qizdirilgan gaz pechida 10-15 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
3 stakan un
1 stakan iliq sut
100 gramm margarin yoki sariyog'
1 dona tuxum
1 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq tuz
1 osh qoshiq quruq xamirturush
Pomidorli qaylasiga:
3 ta pomidor
1 bosh piyoz
qovurish uchun o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga qarab oregano
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
yarim stakan qaynoq suv
Asosiga:
200 gramm motsarella pishlog'i
50 gramm dudlangan kolbasa
50 gramm dudlangan kurka go'shti
10 dona marinadlangan shampinyon
10 dona zaytun mevasi
oldingi
Sarimsoqpiyozli bulochkalar
keyingi
Limonli pirog

Fikringiz