fbpx
Pomidor va baqlajonli iliq salat

Pomidor va baqlajonli iliq salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Ushbu sabzavotli salat – iliq holida ham, sovuq holida ham betakror va mazali. Sersuv pomidor, qovurilgan mayin va xushbo’y baqlajon, qarsildoq shirin bulg’or qalampiri – doimo bir-biri bilan ajoyib tarzda uyg’unlashadi.

Salatning yana bir qulayligi – proportsiyani o’zingiz belgilashingiz mumkin. Uyingizda qancha mahsulot bo’lsa, shuncha soling.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 7000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
400 gramm baqlajon
300 gramm pomidor
150 gramm bulg'or qalampiri
100 gramm qizil piyoz yoki oq piyoz
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 bog' kashnich
1 osh qoshiq soya qaylasi
1 osh qoshiq olma sirkasi yoki balzamik sirka
1 choy qoshiq tuz
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Piyozni ingichga yarim halqa shaklida to'g'rab, ustidan sirka quyamiz va salatni tayyorlagunimizcha chetga olib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Baqlajonni po'stidan ajratmay qalinligi 5 mm keladiga uchburchak shaklida to'g'raymiz. Uning uchun baqlajonni avval parraklarga bo'lib, so'ngra parraklarni 4 ga bo'lamiz. Ustiga tuz sepib, 20 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

20 daqiqadan so'ng, baqlajonlarni hosil bo'lgan suvidan siqib, qog'oz sochiqqa olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Baqlajonlarni oz-ozdan yaxshilab qizdirilgan yog'da qizargunicha qovurib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Pomidorlarni parrak shaklida, builg'or qalampirini - uzunasiga to'g'raymiz. Sabzavotlarni idishga solib, ustidan tovadagi baqlajonlar qovurilgan yog'ni quyamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Pomidor va bulg'or qalampirining ustidan baqlajonlarni solamiz. Piyozni sirkadan siqib olib, uni ham sabzavotlarga qo'shamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Mayda to'g'ralgan kashnich va pressdan o'tkazilgan sarimsoqpiyozni qo'shamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Soya qaylasini qo'shib, yaxshilab aralashtiramiz. Ta'bini ko'rib, kerak bo'lsa tuz sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 40 daqiqa
  • Portsiya 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
400 gramm baqlajon
300 gramm pomidor
150 gramm bulg'or qalampiri
100 gramm qizil piyoz yoki oq piyoz
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 bog' kashnich
1 osh qoshiq soya qaylasi
1 osh qoshiq olma sirkasi yoki balzamik sirka
1 choy qoshiq tuz
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Videoretsept: tvorogli vatrushka
keyingi
Tovuqli pirog

Fikringizni qo'shing

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.