Iyun: 4-hafta taomnomasi
Siz hali ham haftalik taomnoma tuzishga odatlanmaganmisiz? Unda har kuni nima ovqat qilay ekan degan savollar sizni qiynashi aniq.
Keling unda bunday foydali odatni birga shakillantiramiz. Bunda sizga biz har shanba taqdim etadigan ushbu taomnoma ro’yxati yordam beradi.
Dushanba
Tovuq va sabzavotlardan qilingan toblatma
Juda sersuv va mayin bo’lib pishuvchi bu taom yoz faslida tayyorlash uchun ayni muddaodir.
Qahva va asalli keks
Seshanba
Baqlajon va pomidorli galeta
Mavsumiy sabzavotlardan tayyorlaniladigan pishiriqlardan yaxshiroq yana nima bo’lishi mumkin? Bu safar sizlarga baqlajonli va sersuv pomidorli galetalar retseptini taqdim etamiz.
Sassi – ozdiruvchi ichimligi
Chorshanba
Piyoz va bulg’or qalampiri bilan dimlab pishirilgan go’shtli taom
Bu retseptda sizlar ideal ta’mli go’shtli taom tayyorlash siri bilan tanishasiz. U juda yumshoq va nafis bo’lib pishadi. Yoniga garnir sifatida qaynatilgan guruchdan pishirsangiz ham bo’ladi.
Revani – turkcha mannik
Payshanba
Okroshka
Yozning jazirama kunlarida ba’zan ishtaha umuman yo’qoladi. Shunday paytda ko’pchilikka sevimli bo’lgan yaxna sho’rva as qotadi.
Sate salati
Juma
Gaz pechida tayyorlangan tovuq sonlari va grechka
Har doim oshxonada mavjud bo’lgan oddiy masalliqlardan qanday ovqat tayyorlashni bilmayapsizmi? Gaz pechida pishirilgan tovuq sonlari va grechka – eng maqul tanlov.
Mevali kompot
Shanba
Mol go’shtidan tayyorlangan teftellar
Teftellar yoki «go’shtli tipratikonchalar» juda mazali va to’yimli taom bo’lib, ularni tayyorlash jarayoni esa faqatgina zavq bag’ishlaydi.
Glazurlangan siroklar
Yakshanba
Kefir va ziravorlar bilan pishirilgan tovuq go’shti
Sizlarga hozir kefir va ziravorlar bilan pishirilgan parhezbop tovuqli taom retseptini taqdim etamiz. Bunday usulda pishirilgan taom parhez tutuvchilarga ham bemalol tavsiya qilinadi.