Piyoz va bulg’or qalampiri bilan dimlab pishirilgan go’shtli taom

Piyoz va bulg’or qalampiri bilan dimlab pishirilgan go’shtli taom

Masalliqlar:

  • Marinadiga:

Yo’nalishlar

Bu retseptda sizlar ideal ta’mli go’shtli taom tayyorlash siri bilan tanishasiz. U juda yumshoq va nafis bo’lib pishadi. Yoniga garnir sifatida qaynatilgan guruchdan pishirsangiz ham bo’ladi.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan  40 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

500 gramm mol go'shti
200 gramm piyoz
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
yarimta bulg'or qalampiri
150 millilitr suv
3 osh qoshiq soya qaylasi
bir chimdim tuz
4 osh qoshiq o'simlik yog'i
Marinadiga:
3 osh qoshiq soya qaylasi
1/2 osh qoshiq kunjut yog'i
3 choy qoshiq kraxmal
2 osh qoshiq suv
Qadam 1
Tugllandi

Go'shtni yuvib, qog'oz sochiq bilan quritamiz. So'ng maydaroq to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Go'shtni yelim xaltaga solamiz va ustidan marinadiga kerakli barcha masalliqlarni solamiz.

Yaxshilab aralashtirib olamiz va 30 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Piyozni to'rtga bo'lib, yupqa qilib to'g'raymiz. Sarimsoq piyozni maydalaymiz. Bulg'or qalampirini somoncha shaklida to'g'raymiz.

Qadam 4
Tugllandi

Tovaga ikki osh qoshiq o'simlik yog'i solamiz va sarimsoq piyoz va bulg'or qalampirini solib, qovurib olamiz. Sarimsoq piyozning hidi chiqquncha qovuramiz.

Qadam 5
Tugllandi

Piyozni ustidan solib, ozroq tuz sepamiz. Piyoz sal qizargunga qadar qovuramiz. So'ng hammasini bitta idishga olamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Yana shu tovaga ikki osh qoshiq yog' quyib, marinadlangan go'shtni solamiz va yarim tayyor bo'lgunicha qovurib olamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Go'sht ustidan 150 millilitr suv quyib, quyulguniga qadar ppast olovda qaynatamiz.

Qadam 8
Tugllandi

So'ng ustidan qovurilgan piyozli aralashmani solib, 2-3 daqiqa dimlab pishiramiz.

Qadam 9
Tugllandi

Ta'bga qarab, tuz, murch va soya qaylasidan solamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm mol go'shti
200 gramm piyoz
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
yarimta bulg'or qalampiri
150 millilitr suv
3 osh qoshiq soya qaylasi
bir chimdim tuz
4 osh qoshiq o'simlik yog'i
Marinadiga:
3 osh qoshiq soya qaylasi
1/2 osh qoshiq kunjut yog'i
3 choy qoshiq kraxmal
2 osh qoshiq suv
oldingi
Videoretsept: Sabzavotli kish
keyingi
Suli parchasi va qahvadan tayyorlangan pechenye

Fikringiz