Aprel: 3 hafta taomnomasi
Bir haftaning ichida quyuq, suyuq, chet el oshxonalari taomlari, turli desertlar, noan’anaviy salatlar, qolaversa noodatiy va o’ziga xos taomlar tayyorlab, yaqinlaringizni xursand qilishga nima deysiz?
Unda tezroq bizning taomnomamizni qabul qilib oling. Yuqorida sanab o’tilgan barcha taomlar ushbu bir haftalik taomnomada mavjud!
Dushanba
Yengil taomlar kuni.
Pekincha usulda pishirilgan tovuq
Ko’pchilik ayollarimiz oddiy masalliqlardan noodatiy ta’m va ko’rinishdagi taomlardan tayyorlashni xohlashadi. Sharqona ziravorlardan solib, uy sharoitida tayyorlanilgan taom tez va oson pishiriladi.
Grekcha salat
Seshanba
Milliy taomlar kuni.
Go’shtli non
Go’shtli non – juda mazali taom bo’lib, u barcha oila a’zolari uchun to’yimli taom tayyorlaydigan pazandalar uchun to’g’ri keladi. Ushbu taomni tayyorlashda sizga ortiqcha urunishlarning keragi bo’lmaydi, chunki taom xamiri bilan ishlash juda zavqli jarayon.
Ayron
Chorshanba
Turli millatlar taomlari.
Pigodi – koreyscha taom
Bizning retsept asosida siz pigodi – koreyscha taom tayyorlay olasiz. Bu xuddi o’zimizning mantiga o’xshab ketadi, lekin pigodi uchun faqatgina oshirma xamirdan foydalaniladi.
«Piko-de-gayo» meksikancha achchiq ta’mli salat
Payshanba
Dukkakli mahsulotlardan taomlar kuni.
Qizil loviya va qaymoqli qaylada pishirilgan tovuq oyoqlari
Qaymoqli qaylada pishirilgan xushbo’y tovuq va loviya – tushlik yoki kechki ovqat uchun to’yimli va mazali yechim bo’la oladi.
Qaynagan suvdan tayyorlangan shokoladli keks
Juma
Suyuq taomlar kuni.
Frikadelkali turkcha sho’rva
Turkcha taomlar juda mazali bo’lib, ularning butun dunyo bo’yicha sevib iste’mol qilinishi hech kimga sir emas. Mana bunday frikadelkali sho’rva ham taomnomangizni boyitib, ajoyib tushlik yoki kechki ovqat vazifasini bemalol uddalay oladi.
«Barmoq» pechenyelari
Shanba
Baliq yoki gaz pechida pishiriladigan taomlar.
Go’shtli rasstegaylar
Rasstegaylar oshirma xamirdan tayyorlaniladigan pishiriqlardan biri bo’lib, usti biroz ochiq qoldiriladi.
Bananli qatlamachalar
Yakshanba
Kabob yoki go’shtdan antiqa taom kuni.
Qozon-kabob
Sersuv bo’lib pishadigan go’sht, qovurilgan kartoshka, xushbo’y ziravorlar – bundanda mazaliroq yana nima bo’lishi mumkin?