Fevral: 4-hafta taomnomasi
Assalomu aleykum aziz pazandalar! Sizlarga hafta taomnomalari ro’yxatini berishda davom etamiz. Taomnonama ro’yxatini oldindan tuzib qo’yishga odatlandingizmi? Unda, juda yaxshi, kelasi hafta uchun tuzilgan retseptlarimiz bilan tanishib oling!
Dushanba
Goʻsht va sabzavotlar bilan dimlab pishirilgan qizil loviya
va tunets balig’i va quritilgan pomidordan salat.
Qizil loviya solib pishiriladigan bu taom juda toʻyimli va foydali taom ham hisoblanadi. Tunets balig’i va pomidor qoqilardan tayyorlanilgan salat esa barchaning kayfiyatini ko’tarishi aniq.
Seshanba
«Alfredo» qaylali pasta va qo’ziqorin va sabzavotli salat.
Italyancha taomlarni yoqtiruvchilar albatta bizning taomlarni tayyorlab ko’ring, chunki aynan shu taom gollivud yulduzlarining sevimli taomi hisoblanar ekan. Bu salatga solingan marinadlangan qo’ziqorinlar unga o’zgacha ta’m bag’ishlaydi, qolgan masalliqlar esa har kimning ro’zg’oridan topilishi shubhasizdir.
Chorshanba
Qaynatma sho’rva va qatlamali xamirdan pishirilgan somsalar. “Zebra” keksi.
Milliy oshxonamizni bunday shohona bu taomlarsiz aslo tasavvur qilib bo’lmaydi. Shirinlikka esa mazali “Zebra” pirogini pishirib ko’ring. Sizga yengillashtirish maqsadida biz uni videotasvirga tushirdik.
Payshanba
Kartoshkali toblatma (graten) va Tabule salati. Shokoladli yoriq pechenyelar.
Bugun bizlar bilan kartoshkali toblatma pishiring va salat sifatida esa yangicha Tabule salatini pishirib ko’ring. Bu salat o’zgacha ta’mi bilan sizni hayron qoldiradi. Bulgur bor ekan tarkibida deb xavotir olmang, hozirda bu don mahsulotini barcha savdo shaxobchalaridan topishingiz mumkin. Yangicha taom ham har zamon tayyorlab ko’rish ham kerak. Ovqatdan so’ng issiq choy bilan yeyish uchun shokoladli yoriq pechenyelar pishirib ko’ring.
Juma
Moshxo’rda va “Smak” salati. Tvorog va yogurt bilan pishirilgan bananlar.
Quyuqqina, tobida qaynab pishgan moshxo’rda taomining retseptini taqdim etamiz. Foydali shirinlikni ham tayyorlash umuman qiyin emas! Buning uchun bizga faqat banan, tvorog va oddiy yogurt kerak bo’ladi.
Shanba
Qiyma kabob, va Apelsin sharbatidan tayyorlanilgan sufle.
Qiymali kaboblar to’yimli bo’lib, unga qo’shimcha sifatida har xil qaylalarimizdan foydlaning. Masalan yogurtli yoki guakamole qaylasidan. Apelsin sharbatidan qilingan sufle bilan esa bolajonlaringizni xursand qiling.
Yakshanba
Beshbarmoq, tuxum va rediskali salat, «Jezerye» turkcha shirinligi.
Yakshanba kuyni biz o’zbeklar tansiq taom yeyishga odatlanganmiz. Kelinglar, bugun ham shu odatga sodiq qolgan holda mazali beshbarmoqdan tayyorlaymiz. Bu ovqatni yaxshiroq hazm qildirish uchun esa bizda maxsus salat ham bor. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.