It muchali yilida dasturxonga nimalar tortish mumkin
Xitoy kalendari bo’yicha 2018 – yil it muchali yili hisoblanadi. Yangi yilni muvaffaqiyat bilan qarshi olish uchun dasturxonga nimalar tortsa bo’ladi? Demak, bilib olamiz!
It muchalida tug’ilgan insonlar sodiq do’st bo’lib, ularning ham yana o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Quyida bu yilda tug’ilgan insonlarning asosiy fazilatlari bilan tanishib olasiz:
- saxiy, lekin tejamkor
- ehtiyotkor, lekin samimiy
- vazmin va xushfe’l
- yeyishni xush ko’ruvchi, lekin juda sinchkov
Bular hammasini qanday qilib bayram stolida aks ettiramiz deysizmi? Bu shunchaki oddiy.
Umumiy maslahatlar
Kirib kelayotgan yilni quyidagicha nishonlasangiz maqsadga muvofiq bo’ladi:
- bayramni katta dasturxon atrofida oila a’zolaringiz davrasida qarshi oling
- stolni chiroyli bezating
- stolni ko’proq tillarang, qo’ng’i va sariq ranglarda bezang
- dasturxonga mazali, uyda tayyorlangan ovqatlardan torting
- o’rtacha hisobini oling: tayyorlagan ovqatlaringiz hammasi yeyilishi kerak. Shuning uchun kam ham emas, ko’p ham emas o’rtacha hajmda tayyorlang
- dasturxonga ko’proq go’sht, mavalar, sabzavotlar, ko’katlar-u shirinliklardan torting
- tabiiy mahsulotlardan ishlangan idishlardan foydalaning: yog’och, shisha yoki chinni.
Biz bundan oldin bayram stolini qanday bezash, qanaqa bezaklardan foydalanish haqida ma’lumotlar berib o’tganmiz. Ko’ring va bahra oling!
Dasturxonga qanday ovqatlar tortish mumkin
Gazaklar
Dasturxoningizdan pishloq, go’sht va so’shtli salatlar o’rin egallasa yaxshi bo’lardi.
Masalan bayram dasturxoniga go’sht va olxo’rili salat, kartoshkali salat, vitaminli salatlardan tortishingiz mumkin. Gazak sifatida esa qizil baliqdan brusketta va cho’pchalarda terilgan «seld balig’idan shuba» gazagini tortishingiz mumkin.
Issiq ovqatlar
Issiq taom sifatida gaz pechida pishirilgan tovuq, qo’y to’shlari, qiyma kabob, mol go’shtidan Vellington va boshqa go’shtli taomlar tayyorlashingiz mumkin. Pishirilayotgan go’shtingiz xuddi qo’y to’shlari kabi suyakli bo’lsa yanada yaxshi bo’lardi.
Gazaklar
Gazak sifatida kartoshka, qizil lavlagi, sabzi va sholg’omlardan foydalaning. Kartoshkali graten va qadimiy usulda pishirilgan kartoshka retseptlari bu borada beminnat ko’makchingizdir. yoki shunchaki qaynatilgan guruch va makkajo’xoridan foydalanishingiz mumkin. Faqatgina yaxshi sifatli makkajo’xori tanlashda adshmang.
Shirinliklar
Bu yilni qarshilashda stol turli-tuman shirinliklardan foydalaning. Candy bar usulida stol bezatishni allaqachon o’rgatganmiz!
Shirinliklar o’zida apelsin, mandarin, banan, limon, shokolad va karamellarni o’zida saqlasa yaxshi bo’ladi. Agar sizda g’oyalar bo’lmasa, bizning Zanjabilli tort, Krokembush torti, «Monomax qalpog’i» torti va Apelsinli keks kabi pishiriqlarimizdan yoki turli-tuman pechenyelardan pishirib ko’ring.