Kartoshkali salat

Kartoshkali salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Kartoshkali salat oson tayyorlaniladigan va darhol likopchalardan yo’qolib qoladigan mazali yegulikdir. To’yimliligi sababli ham kechki ovqatni o’rnini bosa oladi. U hammabop bo’lib, to’yimli va betakror xushbo’y iforga ega!

Salat uchun kartoshkani po’stlog’i bilan qaynatishni tavsiya beramiz. Kartoshkani me’yoridan ortiq qaynatib yubormaslik kerak: sanchqi yordamida oson teshiladigan holatga kelganda, idishni olovdan olsangiz bo’ladi. Kartoshkani ilig’ligida archib olgan ma’qul.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
0.5 kilo kartoshka
1 bog' kashnich
2 osh qoshiq zaytun moyi
bir chimdim yanchilgan kashnich
bir chimdim qora murch
ta'bga ko'ra tuz
Qadam 1
Tugllandi

Kartoshkani po’sti bilan qaynatib oling. Qaynab pishgan kartoshkani ozroq sovutib, tozalab, o’rtacha to'rtburchak qilib to’g’rang.

Qadam 2
Tugllandi

Kartoshka sovumasdan unga mayda to’g’ralgan kashnich, ziravorlar va zaytun moyi qo’shing.

Bu xushta'm yegulikni salat sifatida ham, go’sht bilan baliqqa gazak sifatida ham dasturxonga tortishingiz mumkin.
Yangiliklarga boy mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'ling.

  • Serves 3
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
0.5 kilo kartoshka
1 bog' kashnich
2 osh qoshiq zaytun moyi
bir chimdim yanchilgan kashnich
bir chimdim qora murch
ta'bga ko'ra tuz
oldingi
Videoretsept: Beze pishirish sirlari
keyingi
Tunetsli salat

Fikringiz