Mart: 4-hafta taomnomasi
Taomnonama ro’yxatimizning sizlarga foydasi tegsa, bundan juda ham quvonamiz!
Dushanba
Yangi kartoshkalardan ajoyib taom va rukkola, rediska va pomidordan salat
Har kuni go’shtli taomlar tayyorlashdan charchadingizmi? Unda bugungi retseptimizga nazar tashlang. Go’shtsiz, ammo juda mazali taom! Sabzavotlardan tayyorlanilgan yengilgina salat bilan bu taom ayni muddaodir.
Seshanba
Shovul sho’rva, ko’katli to’rtburchaklar (bichak)
Shovuldan pishirilgan mazali va birozgina nordon sho’rva (щи) ko’pchilikning sevimli taomi desak adashmaymiz. Bunday sho’rva organizmni kerakli vitaminlar bilan to’yintiradi. Bu taomni tayyorlash juda oson bo’lib, sizdan unchalik ko’p bo’lmagan masalliqlarni talab qiladi.
Chorshanba
«Qush uyasi» taomi, Nisuaz salati
Makaronlardan tayyorlanib, qiyma va xushbo’y pishloq bilan to’yintirilgan bu taom ajoyib ko’rinishi va xushta’mligi bilan ko’pchilikka yoqishi aniq. Nisuz salati esa faqatgina original taom shinavandalari uchun! Salat tarkibidagi barcha masalliqlarni poytaxtimizning supermarketlaridan topishingiz mumkin.
Payshanba
Samarqandcha palov, tuxum va rediskali salat
Samarqandcha palovni xush ko’rmaydiganlar oramizda topilmasa kerak. Bunday oshdan tayyorlamaganlar orangizda bo’lsa, unda hozir ayni payti, chunki bugun payshanba, ko’pchilik osh pishiradigan kun. Palovning turli xillarini pishirib ko’ring va bahp bering.
Juma
Qaynatma sho’rva va qatlamali somsalar
Bizlarda hech qaysi hafta tobida qaynab pishgan qaynatma sho’rvalarsiz o’tmaydi, uyda pishirilgan somsalar bilan esa rohati jondir.
Shanba
Kotletlar, tovuq va pishloqli salat
Mol go’shtidan tayyorlanilgan kotletlar, ko’pchilikning sevimli taomi sanaladi. Kotletlarni tayyorlash unchalik ham qiyin emas, faqatgina qiyma, bir-necha sabzavotlar va eng asosiysi mehr bilan pishirish!
Yakshanba
«Dangasa» tovuq oyoqchalari va Maroqandcha kartoshkali salat
Pazandachilikda hech narsadan xabari yo’q, endi o’rganishni boshlayotganlar ham pishira oladigan oddiy va mazali retseptlarimizdan birini bugun sizlarga taklif qilamiz.Bu taomni bekorga «dangasa» deb atamaydilar, chunki kerakli masalliqlarni pishiriq idishiga solasiz bo’ldi. Taomning o’zi maromiga yetib pishadi.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.