fbpx
Yangi kartoshkalardan ajoyib taom

Yangi kartoshkalardan ajoyib taom

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Mana bozorlarda anchadan beri yangi kartoshkalar sotuvga qo’yildi. Ulardan dimlamadan tashqari boshqa mazali taomlar ham pishirsa bo’ladi.

Bugun kartoshkalarni sarimsoqpiyoz va parmezan pishloqlari qo’shib pishirib olamiz.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
1 kilo yangi chiqqan kartoshkalar
60 gramm sariyog'
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 bog' petrushka
3 osh qoshiq qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i
ta'bga qarab tuz va murch
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugllandi

Kartoshkalarni yaxshilab yuvamiz, po'stini qoldiramiz.

Tuzli suvda pishgunicha qaynatib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Sariyog'ni eritib olamiz, ichiga sarimsoqpiyoz va petrushkani mayda to'g'rab solamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Toblatmalarga mo'ljallangan qolip olamiz va o'simlik yog'i surtamiz.

Ustidan qaynatilgan kartoshkalarni qo'yib chiqamiz. Ustini esa sanchqi yordamida biroz ezamiz.

Ustidan tuz va murch sepamiz, sarimsoqpiyozli aralashmani qoshiq yordamida kartoshkalar ustidan quyib chiqamiz.

Qadam 4
Tugllandi

220 C haroratda 15 daqiqa davomida pishirib olamiz.

So'ng ustidan pishloqni sepamiz va yana 5 daqiqa pishiramiz.

Ko'katlar sepib dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

  • 50 daqiqa
  • Serves 6
  • O’rtacha
  • 220 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
1 kilo yangi chiqqan kartoshkalar
60 gramm sariyog'
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 bog' petrushka
3 osh qoshiq qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i
ta'bga qarab tuz va murch
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
oldingi
Malinali maffinlar
keyingi
SalSal restoranidan retsept: Xolvaytar shirinligi

Fikringiz