Mart: 1-hafta taomnomasi
Taomnonama ro’yxatini oldindan tuzib qo’ysangiz, bir haftaga qiladigan rejalaringiz ham tayin bo’ladi. Balki bu bir qarashda biroz g’alatiroq tuyular, lekin buni odatga aylantirsangiz ishingizni ancha yengillashtirgan bo’lasiz.
Dushanba
Borsh, tuxum va rediskadan salat va oddiy shokoladli keks
Bugun ko’pchilikning sevimli taomlaridan bo’lmish – borsh taomini tayyorlang. Bu retseptimiz multivarkasi bor pazandalarimizni juda ham xursand qiladi. Agar sizda multivarka bo’lmasa, hech qisi yo’q, oddiy qozonda tayyorlasangiz ham bo’ladi. Ko’katlardan tayyorlanilgan ajoyib salat esa bu taom bilan ayni muddao bo’ladi.
Seshanba
Videoretsept: Tovuqli shnitsel va mujskoy kapriz salati
Tovuq go’shtidan har xil juda yengil va mazali taomlar pishirish mumkin. Shulardan biri tovuqli shnitsel taomi!
Chorshanba
Sabzavotli tovuq sho’rva va pentuza salati
Sovuq qishda, issiqina ovqatlar, ayniqsa sho’rvalar kimga ham yoqmaydi deysiz. Bizning bugungi tovuqli sho’rva ham juda mazali, to’yimli, shu bilan birga vitaminlarga boy ovqat hisoblanadi. Pentuza salati bizlarning eng sevimli salatlarimizdan biridir. Bu salatni bizning usulda tayyorlasangiz, haqiqiy koreyscha pentuzadan umuman farq qilmasligiga guvoh bo’lasiz.
Payshanba
Qo’ziqorin va pishloq qo’shilgan tovuqli taom, Suzma va bodringdan salat
Tovuqli taomlarni xush ko’ruvchilar uchun ajoyib retsept! Qo’ziqorin va pishloq qo’shib pishiriladigan mazali tovuqli taom. Bunday ajoyib uyg’unlikdagi taom, har bir oila a’zolaringizga yoqishi aniq.
Juma
Qaynatma sho’rva va ko’k somsa
Bizlarda hech qaysi hafta tobida qaynab pishgan qaynatma sho’rvalarsiz o’tmaydi, uyda pishirilgan somsalar bilan esa rohati jondir.
Shanba
Chuchvara, fransuzcha salat va qorag’atdan tayyorlanilgan zefir
Chuchvara bizlarning sevimli milliy taomlarimizdan biri bo’lib, uni tayyorlash biroz vaqt talab qilishi mumkindir. Ammo uyda tayyorlanilgan chuchvaraga do’konlardagi tayyor mahsulotlarning hech biri teng kela olmaydi.
Yakshanba
«Dangasa» tovuq oyoqchalari, tuxum va rediskali salat. Shokolad va yong’oqli o’rama pirog.
Pazandachilikda hech narsadan xabari yo’q, endi o’rganishni boshlayotganlar ham pishira oladigan oddiy va mazali retseptlarimizdan birini bugun sizlarga taklif qilamiz. Bu ovqatni yaxshiroq hazm qildirish uchun esa bizda maxsus salat ham bor. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.