Qaynatilgan suv qo’shib pishirilgan shokoladli keks

Qaynatilgan suv qo’shib pishirilgan shokoladli keks

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Oddiy qaynatilgan suv qo’shib pishirilgan bu keksimiz juda mazali bo’libgina qolmasdan, hamyonbophamdir. Shokolad bilan qorishtirilgan bu mayin ta’mli shirinlikdan albatta tayyorlab ko’ring.

 

Masalliqlar:

Adjust Servings:
1,75 stakan un
2 stakan shakar
0,75 stakan kakao
1,5 choy qoshiq qabartma
1 stakan sut
1 dona tuxum katta
0,5 stakan o'simlik yog'i
1 stakan qaynoq suv
Qadam 1
Tugllandi

Barcha quruq masalliqlarni bir idishga solamiz va aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugllandi

Tuxumni alohida idishga solamiz va ko'pirtiramiz. Ustidan o'simlik yog'i va sutni solamiz, aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Quruq va suyuq mahsulotlarni aralashtiramiz, so'ng ustidan qaynoq suvni solib silliq holatga kirgunicha aralashtiramiz.

Qolipga pergament qog'ozni to'shaymiz va ustidan xamirni solamiz.

170-180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga qo'yib, 30-40 daqiqa davomida pishirib olamiz. Xohishga qarab ustini shokoladli glazur bilan bezatamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 50 daqiqa
  • Serves 8
  • Oddiy
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
1,75 stakan un
2 stakan shakar
0,75 stakan kakao
1,5 choy qoshiq qabartma
1 stakan sut
1 dona tuxum katta
0,5 stakan o'simlik yog'i
1 stakan qaynoq suv
oldingi
SalSal restoranidan retsept: Moshxo’rdadan tayyorlanilgan quyuq sho’rva
keyingi
Brauni

Fikringiz