2019-dasturxoni uchun menyu
Tajribali bekajonlar yangi yil dasturxoni uchun har doim eng yaxshi retseptlarni tanlab qo’yishadi.
Ular har xil va albatta mazali bo’lishi uchun ularni to’g’ri tanlashning o’zi kifoya.
Bizlar esa hozir siz azizlarga 3 xil turdagi bayram dasturxoniga mo’ljallangan taomnomalar jamlanmasini taqdim etamiz.
1-variant
Bayram menyusining birinchi varianti go’shtli taomlarni xush ko’ruvchilar va ortiqcha kaloriyadan xavotir olmaydigan insonlarga qo’l keladi. To’yimli, ishtahaochar va mazali taomlar to’kin dasturxon atrofida jam bo’lgan yaqinlaringizga yoqishi aniq.
Kanapchali gazaklar
Kanape – fransuzchadan olingan bo’lib, kichik hajmdagi buterbrodlar degan ma’noni bildiradi. Bunday kichkina gazaklar juda ajoyib ko’rinishda bo’lib, iste’mol qilishda ham qulaydir. Unga ishlatiladigan mahsulotlarga esa ta’bingizdan kelib chiqib, o’zgartirishlar kiritishingiz mumkin.
Go’sht va olxo’rili salat
Chiroyli, to’yimli va shu bilan birga juda mazali bu salat yangi yil bayrami dasturxoningizdan alohida o’rin egallashiga hech shubha yo’q. Go’sht va olxo’rini noananaviy uyg’unlashtirishdan hosil bo’lgan ta’m esa esa yosh-u qariga birdek yoqishi aniq.
«Karqur uyasi» salati
Yana qanday yeguliklar tayyorlab, bayram dasturxonini bezatishni bilmasangiz, unda bu salat retsepti aynan siz uchun. Qush uyasiga o’xshab ketuvchi bu salat birinchidan ajoyib ko’rinishga ega bo’lsa, ikkinchidan tayyorlanilishiga ko’p masalliqlar talab qilinmaydi.
Xandon pista va ziravorlar qo’shib tayyorlangan qo’y to’shlari
Xandon pista va ziravorlar qo’shib tayyorlangan qo’y to’shlari – gaz pechida pishiriladigan juda mazali va haqiqiy bayramona ovqat hisoblanadi. Bu ovqat bayram dasturxoningizni bezashiga hech qanday shubha yo’q.
Tayyorlash jarayoniga bu ovqat ko’p vaqtni talab qilmasligi esa yangi yil kechasi barcha bekajonlar uchun ayni muddaodir.
Shokoladli muss
Yangi yilda yana o’zimizni shirinliklar bilan siylashga nima deysiz? Sizda ko’nglizdagidek retsept yo’qmi? Unday bo’lsa, yumshoq va ajoyib shokoladli muss videoretsepti sizlar uchun.
2-variant
Bu variant ko’proq tayyorlash an’anaga aylangan yeguliklarni xush ko’ruvchilarga to’g’ri keladi.
«Mujskoy kapriz» salati
Mujskoy kapriz salati resatoran-u kafelarda eng ko’p buyurtma beriladigan, ko’pchilikka sevimli bo’lgan salatlaridan biridir. Ko’pi bilan 15 daqiqa vaqtingizni oluvchi bu salatni biz bilan birga tayyorlang!
«Smak» salati
“Smak” salati juda ommabop bo’lib, u deyarli barcha restoran-u kafelarning menyusiga kiritilgan. Lekin uni osongina uyda ham tayyorlashingiz mumkin. Bu salat uncha ko’p masalliqlarni talab qilmaydi, unga kerakli mahsulotlar deyarli hammaning muzlatgichidan topiladi.
Norin
Norin o’zbek milliy taomlari orasida eng mazali va sevimlilaridan biri bo’lib, ko’pchilik uni tayyorlash juda murakkab deb o’ylaydi. Lekin aslida unday emas. Bizning maslahatlarga tayanib, siz ham norinni Yangi yil dasturxoniga tez va oson tayyorlay olishingiz mumkin.
Yangi kartoshkalar bilan gaz pechida pishirilgan qo’y sonlari
Bu ispancha ajoyib taom Cordero Asado yoki «Pishirilgan qo’y go’shti» taomi deb nomlanadi. Bu taom o’zining o’zgacha ta’mi bilan sizlarga, ayniqsa erkaklarimizga manzur bo’ladi degan umiddamiz. Bu taom chiroyli ko’rinishdaligi sabab ham, bayram dasturxonlarini ham bezatishi aniq.
«Napoleon» torti
Eng mazali va chiroyli pishiriqlardan biri bu Napoleon torti boʻlib, u bayram yoki tadbirlarda dasturxon bezagiga aylanishi shubhasizdir. Qaynatilgan quyultirilgan sut va qaymoq solingan krem esa tortga o’zgacha mayin ta’m bag’ishlab, yaqinlaringizga ham albatta yoqadi.
3-variant
Bu variant esa semirishdan qo’rquvchi va har doim kaloriyalarni hisoblab yuruvchi ayollarimiz uchundir. Ammo bu mazali yeguliklardan voz kechish kerak degani emas.
Parhezbop «Olivye» salati
«Olivye» salatini sevib iste’mol qilasiz, ammo semirib ketmaslik uchun o’zingizni tiyasizmi? Bizlar bugun qomatingizga zarar yetkazmaydigan salatning bir turini sizlarga taqdim etamiz. Bunday salatdan voz kechish kerak emas! Faqatgina ozroq o’zgartirish kiritishning o’zi kifoya.
Tunets balig’i va makkajo’xoridan tayyorlangan salat
Tunets balig’i juda foydali mahsulot ekanligini bilgan holda undan juda mazali, shu bilan birga semirtirmaydigan parhezbop salatlar tayyorlang.
Avokado va qizil ikradan muss
Yangi yil bayramida barchamiz yaqinlarimiz va oila a’zolarimizni noodatiy yeguliklar bilan lol qoldirishni istaymiz. Avokado va qizil ikradan tayyorlangan mayin muss bayram stolingizning haqiqiy ko’rkiga aylansa ajab emas.
Gaz pechida pishirilgan rangdor gulmohi balig’i
Rangdor gulmohi ya’ni «forel» balig’ininh juda mazaliligi, ayniqsa foydali xususiyatlari ko’pchilikka ma’lum. Butunligicha pishiriladigan bu taom dasturxonga o’zgacha ko’rk bag’ishlab, ajoyib ifori esa ishtahangizni ochib yuboradi.
Sabzili tort
Agarda siz o’z vazningizga o’ta e’tiborli bo’lib, kaloriyalarni hisoblab yursangiz, unda mazali tort retsepti aynan siz uchun. Ha-ha, barcha ozayotgan yoki to’g’ri ovqatlanishga rioya qiladiganlar uchun tashvish chekmasdan tanavvul qilinadigan tort retsepti. Mayin kremli xushta’m lsabzili tort sizning qomatingizga hech bir santimetr qo’shmaydi, negaki u kam kaloriyali va glyutendan holi.
Agarda siz hech narsa tayyorlashni xohlamasangiz yoki bunga vaqtingiz yetarlicha bo’lmasa, unda qayerda nimalarga buyurtma berish mumkinligi to’g’risidagi maqolamiz bilan ham tanishib oling.
Yangi yil bayrami barchamizga xayrli kelsin!
Siz bizning telegram kanalga a’zomasmisiz? Unday bo’lsa, darhol a’zo bo’ling va mazali retseptlardan birinchilar qatorida xabardor bo’ling.