Batafsil fotoretsept: “Napoleon” torti

Batafsil fotoretsept: “Napoleon” torti

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Kremiga:

Yo’nalishlar

Eng mazali va chiroyli pishiriqlardan biri bu Napoleon torti boʻlib, u bayram yoki tadbirlarda dasturxon bezagiga aylanishi shubhasizdir.

Qaynatilgan quyultirilgan sut va qaymoq solingan krem esa tortga o’zgacha mayin ta’m bag’ishlab, yaqinlaringizga ham albatta yoqadi.

Tayyorlaniladigan tortga taxminan 47 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
575 gramm un
400 gramm qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin
1 osh qoshiq 9% li sirka
1 dona tuxum
200 millilitr muzdek suv
bir chimdim tuz
Kremiga:
600 gramm qaynatilgan quyultirilgan sut
500 millilitr sut
700 millilitr yog'li qaymoq
50 gramm shakar upasi
2 ta tuxum
4 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
Qadam 1
Tugllandi

Barcha kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Unni elab olamiz va ustidan muzdek margarinni toʻgʻrab solamiz. Qoʻlda tezda ishqalab olamiz. Bunda margarin qizib, erib ketmasligi juda muhimdir.

250 ml li stakanga sirka, tuz va tuxumni chaqib solamiz, sanchiqda koʻpirtirib olamiz. Ustidan toʻlgunicha muzdek suv solib, aralashtiramiz va un ustidan solamiz. Tezda xamir qorib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Xamirni 12 ta boʻlakka boʻlib olamiz va har bir boʻlakni aylana shaklga keltiramiz.

Ustini yelim xalta bilan yopib, 1 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Kremiga kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Sutni qozonchaga solib qizdiramiz. Alohida idishga tuxumlarni chaqib solamiz, ustidan kraxmalni ham solib, yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Tuxumli aralashmani yaxshilab ko'pirtirib, ustidan ozroq qaynoq sutdan solamiz va aralashtirib olamiz. So'ng tuxumli aralashmani qozonchadagi sut ustidan quyamiz va quyuqlashguniga qadar qaynatib pishiramiz.

Qadam 6
Tugllandi

Kremni to'liq sovutamiz va boshqa idishga quyamiz. Ustini oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopamiz: bunda pelyonka kremga tegib turishi kerak bo'ladi.

Qadam 7
Tugllandi

Xamirlarni bitta-bitta yupqa yoyib olamiz va 22 sm li qolip kattaligida kesib, sanchiq bilan bir nechta joyini teshib olamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Yoyilgan xamirlarni 210 C darajada qizdirilgan gaz pechida qizartirib pishirib olamiz.

Qadam 9
Tugllandi

Sovigan kremga qaynatilgan quyultirilgan sutdan solib, mikser yordamida ko'pirtirib olamiz.

Qadam 10
Tugllandi

Qaymoqni esa alohida idishga solamiz, ustidan shakar upasini solib, ko'pirtirib olamiz. Qaymoqli kremdan ozroq boshqa kremga solib aralashtiramiz.

So'ng shu kremni hammasini qaymoqli krem ustidan solib, ehtiyotkorlik bilan aralashtirib olamiz.

Qadam 11
Tugllandi

Korjning bittasini bezatish uchun olib qo'yamiz. Qolganlariga ko'proq kremdan surtib, ustma-ust terib chiqamiz.

Qadam 12
Tugllandi

Qolgan bitta korjni maydalab, usti va chetlariga sepib chiqamiz.

Qadam 13
Tugllandi

Tort ustini xohishga qarab bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

Maselko telegram kanaliga a'zo bo'ling.

Reklama huquqi asosida

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
575 gramm un
400 gramm qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin
1 osh qoshiq 9% li sirka
1 dona tuxum
200 millilitr muzdek suv
bir chimdim tuz
Kremiga:
600 gramm qaynatilgan quyultirilgan sut
500 millilitr sut
700 millilitr yog'li qaymoq
50 gramm shakar upasi
2 ta tuxum
4 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
oldingi
Qovoqli teshik kulchalar (ponchiklar)
keyingi
Pomidorlarda pishirilgan tuxumlar

Fikringiz