fbpx
Batafsil fotoretsept: «Karqur uyasi» salati

Batafsil fotoretsept: «Karqur uyasi» salati

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Qanday yeguliklar tayyorlab, bayram dasturxonini bezatishni bilmasangiz, unda bu salat retsepti aynan siz uchun.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 27 000 soʻm sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

200 gramm somoncha shaklida qovurilgan kartoshka
300 gramm dudlangan tovuq yoki kurka go'shti
5 dona qaynatilgan tuxum
300 gramm bodring
150-200 gramm mayonez
100 gramm piyoz
2 osh qoshiq olma sirkasi
ta'bga qarab tuz va murch
bezatish uchun ko'katlar
Qadam 1
Tugallandi

Kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Bodringlarni somoncha shaklda to'g'rab olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Piyozni mayda to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz. Piyolaga solib, ustidan bir chimdim tuz va olma sirkasini solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qaynatilgan tuxumlar oqini sarig'idan ajratib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Dudlangan go'shtni somoncha shaklida to'g'rab olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tuxum oqini qirg'ichning katta tishidan chiqarib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tuxum sarig'ini sanchiqda ezib maydalaymiz, bir choy qoshiq mayonez, to'g'ralgan shivitni solib aralashtirib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tuxumli aralashmadan bedana tuxumidan sal maydaroq hajmda "tuxumcha"lar yasab olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Chuqurroq idish olib, ichiga barcha to'g'ralgan masalliqlar, marinadlangan piyoz, ozroq qovurilgan kartoshkani solamiz. Mayonezdan quyib, yaxshilab aralashtirib olamiz. Ta'bga qarab tuz va murch sepamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Kattaroq likopcha olib, salatni solamiz, o'rtasiga sal chuqurroq qilib joy qoldiramiz.

Qadam 11
Tugallandi

Ustidan qolgan kartoshkalarni sepib chiqamiz.

Qadam 12
Tugallandi

O'rtasiga ko'kat shoxschasi va tuxum sarig'idan tayyorlangan "tuxumcha"larni qo'yib chiqamiz.

Qadam 13
Tugallandi

Tayyor salatni shu zahotiyoq dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 gramm somoncha shaklida qovurilgan kartoshka
300 gramm dudlangan tovuq yoki kurka go'shti
5 dona qaynatilgan tuxum
300 gramm bodring
150-200 gramm mayonez
100 gramm piyoz
2 osh qoshiq olma sirkasi
ta'bga qarab tuz va murch
bezatish uchun ko'katlar
oldingi
Un solmay pishirilgan yong’oqli pechenyelar
keyingi
Past kaloriyali baliqli toblatma

Fikringiz