Gaz pechida pishirilgan rangdor gulmohi balig’i

Gaz pechida pishirilgan rangdor gulmohi balig’i

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Rangdor gulmohi ya’ni “forel” balig’ininh juda mazaliligi, ayniqsa foydali xususiyatlari ko’pchilikka ma’lum.

Butunligicha pishiriladigan bu taom dasturxonga o’zgacha ko’rk bag’ishlab, ajoyib ifori esa ishtahangizni ochib yuboradi.

Aytgancha, bu rangdor gulmohi balig’ini bizlar Korzinka.uz supermarketlardan biridan xarid qildik.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 250 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

1 dona rangdor gulmohi balig'i (forel') Biz xarid qilgan baliqning og'irligi 4 kilo
100 gramm piyoz
250-300 gramm pomidor
1 dona limon
3 osh qoshiq zaytun moyi
ta'bga qarab tuz va murch
yarim bog' petrushka
1 choy qoshiq baliqqa mo'ljallangan ziravorlar
Qadam 1
Tugllandi

Baliqni tangachalari va ichak-chavoqlaridan tozalab, yaxshilab yuvib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Gaz pechi patnisiga yaltiroq tomonini tepaga qilib folga solamiz.

Ustidan ozroq o'simlik yog'i surtamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Piyozni 1 sm qalinlikda parrak qilib to'g'rab olamiz.

Shu piyozni folga ustidan terib chiqamiz. Bu baliq folgaga yopishib qolmasligi uchun muhim.

Qadam 4
Tugllandi

Baliqqa zaytun moyidan surtamiz, tuz va murch sepamiz, so'ng terilgan piyoz ustidan qo'yamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Pomidor va limonni parrak qilib to'g'rab, baliq ichiga petrushka bilan birga solib chiqamiz.

Qadam 6
Tugllandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 40-60 daqiqa davomida pishirib olamiz. Agar usti kuyib ketish xavfi tug'ilsa, unda ustini folganing yaltiroq tomonini tepaga qilib yopamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 dona rangdor gulmohi balig'i (forel') Biz xarid qilgan baliqning og'irligi 4 kilo
100 gramm piyoz
250-300 gramm pomidor
1 dona limon
3 osh qoshiq zaytun moyi
ta'bga qarab tuz va murch
yarim bog' petrushka
1 choy qoshiq baliqqa mo'ljallangan ziravorlar
oldingi
Gaz pechida pishirilgan qo’y sonlari
keyingi
Parhezbop “Olivye” salati

Fikringiz