Aprel: 1-hafta taomnomasi
Bugun nima tayyorlasam ekan deb har kuni o’ylamaslik uchun bizning 1 haftalik taomlar ro’yxatimizni ko’rishingiznimaslahat beramiz.
Taomnomada barcha taomlar aniq va oson tartibda joylashgan.
Dushanba
Pekincha usulda pishirilgan tovuq
Ko’pchilik ayollarimiz oddiy masalliqlardan noodatiy ta’m va ko’rinishdagi taomlardan tayyorlashni xohlashadi. Sharqona ziravorlardan solib, uy sharoitida tayyorlanilgan taom tez va oson pishiriladi.
Seshanba
Go’shtli non
Go’shtli non – juda mazali taom bo’lib, u barcha oila a’zolari uchun to’yimli taom tayyorlaydigan pazandalar uchun to’g’ri keladi. Ushbu taomni tayyorlashda sizga ortiqcha urunishlarning keragi bo’lmaydi, chunki taom xamiri bilan ishlash juda zavqli jarayon.
Chorshanba
Pigodi – koreyscha taom
Bizning retsept asosida siz pigodi – koreyscha taom tayyorlay olasiz. Bu xuddi o’zimizning mantiga o’xshab ketadi, lekin pigodi uchun faqatgina oshirma xamirdan foydalaniladi.
Payshanba
Qizil loviya va qaymoqli qaylada pishirilgan tovuq oyoqlari
Qaymoqli qaylada pishirilgan xushbo’y tovuq va loviya – tushlik yoki kechki ovqat uchun to’yimli va mazali yechim bo’la oladi.
Juma
Frikadelkali turkcha sho’rva
Turkcha taomlar juda mazali bo’lib, ularning butun dunyo bo’yicha sevib iste’mol qilinishi hech kimga sir emas. Mana bunday frikadelkali sho’rva ham taomnomangizni boyitib, ajoyib tushlik yoki kechki ovqat vazifasini bemalol uddalay oladi.
Shanba
Go’shtli rasstegaylar
Rasstegaylar oshirma xamirdan tayyorlaniladigan pishiriqlardan biri bo’lib, usti biroz ochiq qoldiriladi.
Yakshanba
Qozon-kabob
Sersuv bo’lib pishadigan go’sht, qovurilgan kartoshka, xushbo’y ziravorlar – bundanda mazaliroq yana nima bo’lishi mumkin?