Bulochkalar tayyorlaymiz.
Sarimsoqpiyozli bulochkalardan tortib, shirin bulochkalargacha – ta’bingiz istagan barcha bulochkalar retseptlarini Zira uz tayyorlab qo’ygan ro’yxatdan topishingiz mumkin.
«Sarimsoqpiyozli tuguncha» bulochkalari
Yumshoq, nihoyatda xushbo’y va mazali bo’lmish sarimsoq piyozli bulochkalarni endilikda taomlar bilan birga tortishingiz mumkin.
Beygl – isroilcha pishiriq
Beygllar bu isroilcha bulochkasimon pishiriq bo’lib, nonushtalarini xilma-xil qilishni xohlovchilarga juda qo’l keladi.
Yurakchasimon bulochkalar
Yurakchasimon bulochkalar juda yumshoq bo’lib, ta’mi ham juda yoqimlidir. Ularni tayyorlash juda oson bo’lib, unchalik ko’p masalliqni ham talab qilmaydi.
Tvorogli bulochkalar
Tvorogli bulochkalar — ajoyib ko’rinishga ega, uyda tayyorlash mumkin bo’lgan eng mazali pishiriqlardan biri bo’lib, tayyorlash jarayoni umuman qiyinchilik tug’dirmaydi.
Yeryong’oqli bulochkalar
Nafis ta’m va xushbo’y isga ega yeryong’oqli bulochkalardan siz ham pishirib ko’ring va oila a’zolaringizni bir dasturxon atrofiga jamlang.
Jemli bulochkalar
Ko’pchilikka jemli yumshoqina bulochkalar bolaligini eslatib yuborsa ajab emas. Bunday bulochkalarni xohlagan jem yoki murabbola bilan tayyorlash mumkin.
Pishloq va koʻkat solib pishirilgan bulochkalar
Pishloq va koʻkatli bulochkalarni tayyorlashda faqatgina bitta muammoga duchor kelasiz, u ham boʻlsa ular pishgandan soʻng bir pastda tugab qolishidir.