Yeryong’oqli bulochkalar

Yeryong’oqli bulochkalar

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

  • Qiyomiga:

Yo’nalishlar

Nafis ta’m va xushbo’y isga ega yeryong’oqli bulochkalardan siz ham pishirib ko’ring va oila a’zolaringizni bir dasturxon atrofiga jamlang!

Ularni tayyorlash shu darajada osonki, buning uchun tajriba va ko’nikmaning bo’lishi shart emas.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 16 000 so’m pul sarflanadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
12 gramm quruq xamirturush
500 gramm un
60 gramm shakar
1/2 choy qoshiq tuz
100 gramm sariyog'
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
250 millilitr sut
1 dona tuxum
Asosiga:
100 gramm yeryong'oq
1 choy qoshiq limon sharbati
2 osh qoshiq shakar upasi
Qiyomiga:
50 gramm shakar
100 millilitr suv
1 osh qoshiq limon sharbati
Qadam 1
Tugllandi

Idishga shakar, xamirturush va iliq sutni solamiz. Ozroq un ham sepib, aralashtiramiz va 15 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 2
Tugllandi

Yumshagan sariyog', o'simlik yog'i, tuzumni solamiz, aralawshtirib, un bilan tuzni ham elab sepamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Xamir qorib, 1 soatga iliq joyga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Asosini tayyorlaymiz

Qahva maydalagich yoki blender idishiga yeryong'oq, shakar upasi va limon sharbatini solamiz. Maydalab olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Oshgan xamirdan 20-25 dona zuvalachalar yasab olamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Har bir xamir bo'lagini yoyib, o'rtasiga oz-ozdan yeryong'oqli aralashmadan solamiz, chetlarini bukib, aylana shakldagi zuvalachalar yasaymiz.

Qadam 7
Tugllandi

Pech patnisiga terib, 20 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 8
Tugllandi

180 C darajada qizigan pechda 15-20 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 9
Tugllandi

Bulochkalar pishguniga qadar qiyomni tayyorlab olamiz. Buning uchun shakar, suv va limon sharbatini qozonchaga solamiz. Gazga qo'yib, qaynash darajasiga keltiramiz va gazdan olamiz.

Qadam 10
Tugllandi

Bulochkalarni olib, ozgina sovutamiz va iikki martadan qiyomdan surtib chiqamiz.

Qadam 11
Tugllandi

Ustidan shakar upasi sepib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
12 gramm quruq xamirturush
500 gramm un
60 gramm shakar
1/2 choy qoshiq tuz
100 gramm sariyog'
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
250 millilitr sut
1 dona tuxum
Asosiga:
100 gramm yeryong'oq
1 choy qoshiq limon sharbati
2 osh qoshiq shakar upasi
Qiyomiga:
50 gramm shakar
100 millilitr suv
1 osh qoshiq limon sharbati
oldingi
Yong’oqli qarsildoq pechenyelar
keyingi
Suli yormasi va tunets balig’idan tayyorlangan vafli

Fikringiz