• Asosiy
  • Yurakchasimon bulochkalar
Yurakchasimon bulochkalar

Yurakchasimon bulochkalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Yurakchasimon bulochkalar juda yumshoq bo’lib, ta’mi ham juda yoqimlidir. Ularni tayyorlash juda oson bo’lib, unchalik ko’p masalliqni ham talab qilmaydi.

Bunday bulochkalarni birga ishga olib borish, bolalarga maktabga berib yuborish ham mumkin.

Masalliqlar:

450 gramm un
250 millilitr sut
30+80 gramm sariyog'
100 gramm shakar
8 gramm quruq xamirturush
bir chimdim tuz
bir chimdim vanilin
ustiga surtish uchun tuxum
Qadam 1
Tugllandi

Iliq suvga 4 qoshiq shakar va xamirturushni solib aralashtiramiz va 10 daqiqaga olib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Unni elab tog'orachaga solamiz, ustidan vanilin, sutli aralashma va 80 gramm eritilgan sariyog'ni solamiz. Xamir qoramiz va 1 soatga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Tingan xamirdan bo'lakchalar kesib olamiz, yoyib sariyog' surtamiz. Ustidan shakar sepib, ruletga o'xshatib o'raymiz. Ikkita uchini birlashtirib, ustma-ust qo'yamiz va o'rtasidan pichoq bilan kesamiz. Shakaeli mag'zini tepaga qilib bukamiz va yurakcha shaklini beramiz.

Qadam 4
Tugllandi

Pergament qog'oz to'shalgan patnisga teramiz va 15-20 daqiqa qoldiramiz.

Qadam 5
Tugllandi

Ustiga tuxumdan surtib, 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 30-35 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

450 gramm un
250 millilitr sut
30+80 gramm sariyog'
100 gramm shakar
8 gramm quruq xamirturush
bir chimdim tuz
bir chimdim vanilin
ustiga surtish uchun tuxum
oldingi
Videoretsept: “Margarita” pitsasi
keyingi
“Yong’oqcha” pechenyesi

Fikringiz