Avgust: 4-hafta taomnomasi
Eng sara, mazali va foydali taomlardan tashkil topgan hafta taomnomasiga nima deysiz?
Bunday taomnoma sizning vaqtingizni tejaydi. Tezroq kirib ko’ring, balki taomnomada siz hali tayyorlab ko’rmagan o’zgacha taomlar ham bordir.
Dushanba
Mol go’shtidan stir-fray taomi
Bu usulda taom dimlanmasdan balki, yuqori olovda ketma-ket qovurib olinadi. Sabzavotlar bunda o’zining foydali xususiyatlarini yo’qotishmaydi.
«Qurtova» salati
Seshanba
Kievcha kotletlar
Sersuv va mazali kievcha kotletlar, oddiy kotletdan qiymadan emas, savalangan tovuq filesidan tayyorlanganligi bilan ajralib turadi.Uni tayyorlash oson bo’lib, sizdan ko’p vaqt talab qilmaydi.
Yelim xaltachada tayyorlanadigan kam tuzli bodring
Chorshanba
Qovurma sho’rva
Ushbu sho’rvani «o’zbek klassikasi» deb ham atash mumkin, chunki bu taom deyarli barcha o’zbek oilalarida tayyorlanadi. Xushtam sho’rva, yaxshi qovurilgan sabzavotlar va tayyorlanishi qiyin bo’lmagan retsept sizga yoqishi aniq.
Sabzavotli somsa
Payshanba
Qiyma bilan to’ldirilgan pomidorlar
Mana bunday sersuv, yengilgina va mazali taom tushlik yoki kechki ovqat o’rnini bemalol bosa oladi. Shuningdek pomidorlarning ichiga ta’bga qarab xohlagan masalliqlardan solish mumkin.
Bezega ega olxo’rili pirog
Juma
Frikadelkali toblatma
Kartoshkali pyure va pishloq bilan pishirilgan frikadelkali toblatma juda mazali ta’mda bo’lib, to’yimli tushlik yoki kechki taom bo’la oladi.
Lavlagili salat
Shanba
Gulxonim
Gulxonim xamiri va asosi xuddi o’rama xonimdek bo’lib, faqat tashqi ko’rinishi bilangina bir-biridan farq qiladi.
Shaftolili yozgi pirog
Yakshanba
Qaylada pishirilgan tovuq va baqlajonli taom
Tovuq filesi va baqlajon birga pishirilganda, ajoyib ta’mli taom tayyorlanilar ekan. Bunga siz ham ishonch hosil qilishingiz mumkin.