Yelim xaltachada tayyorlanadigan kam tuzli bodring

Yelim xaltachada tayyorlanadigan kam tuzli bodring

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Yelim xaltachalarda tez tayyorlaniladigan bodring — kam tuzli sotuvdagi bodringlardan deyarli farq qilmaydi. Bunday gazak tayyorlash uchun esa bor-yoʻgʻi 30 daqiqa vaqt talab etiladi.

Tabiat qoʻyniga chiqmoqchimisiz? 10 daqiqa ichida siz mazali gazak tayyorlab, birga olib borish imkoniyatiga egasiz. Bunda masalliqlarni toʻgʻrab, xaltachaga solasiz va aralashtirasiz. Manzilingizga yetib borguningizcha ular bir pastda tayyor boʻladi.

Tayyorlqniladigan yegulikka taxminan 6 000 soʻm sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

8-10 ta bodring
1 bogʻ shivit
3-4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
bir nechta rayhon yaqroqchalari
0,5 choy qoshiq yirik tuz
bir nechta boʻlak achchiq qalampir
Qadam 1
Tugllandi

Bu yegulikni tayyorlash uchun bizlarga yangi uzilgan bodring kerak bo'ladi. Agar bodring biroz eskiroq boʻlsa, unda qarsillab chiqmaydi.

Sizda ham shunday hol boʻlsa, unda biroz yumshagan bodringni 1-2 soat muzdek suvga ivitib qoʻying.

Qadam 2
Tugllandi

Shivitni yuvib, mayda toʻgʻrab olamiz. Agarda sizga koʻkatlar unchalik yoqmasa, unda ularni butunligicha soling. Ta'mi chiqqandan soʻng olib tashlaymiz.

Sqrimsoqpiyozni xohlagan kattalikda toʻgʻraymiz.

Qadam 3
Tugllandi

Bodringni ikkita uchini kesib tashlab, oʻzini uzunasiga, xohlagan qalinlikda toʻgʻrab olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Toʻgʻragan bodringni yangi polietilen yelim xalta yoki qopqoqli konteynerga solamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Soʻng ustidan tuz, achchiq qalampir, shivit, rayhon va sarimsoq piyozni solamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Xalta og'zini boylab, yaxshilab aralashtiramiz.

Bodringlarni xona haroratida 30 daqiqa qoldiramiz, ammo har 10 daqiqada yelim xaltasi bilan aralashtirib turamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

8-10 ta bodring
1 bogʻ shivit
3-4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
bir nechta rayhon yaqroqchalari
0,5 choy qoshiq yirik tuz
bir nechta boʻlak achchiq qalampir
oldingi
Batafsil fotoretsept: “Twix” shokoladi
keyingi
Qiyma bilan to’ldirilgan qovoqchalar

Fikringiz