Uyda tayyorlaymiz: Merengali (bezeli) pishiriqlar
Oddiy pishiriqlardan charchadingizmi? Noodatiy va juda mazali shirinlik tayyorlab oil a’zolaringizni lol qoldirmoqchimisiz?
Unda ushbu «Merengali pishiriqlar» ro’yxatimiz aynan siz uchun.
Qorag’at solib pishirilgan shokoladli tart
Shirin-nordon ta’mli rezavor meva va paxtadek mayin merenga ajoyib bir yaxlitlikni hosil qilgan. Shuningdek, qorag’at o’rniga xoxlagan mevalaringizdan ham solishingiz mumkin.
«Pavlova» torti
«Pavlova» torti – bu yengil va yumshoq bulut kabi bo’lib, unda rezavor mevalar, krem va tuxum oqidan tayyorlangan merenga ta’mlari ajoyib tarzda uyg’unlashadi.
Merengali rulet
Bezedan tayyorlaniladigan bu rulet siz tasavvur eta olmaydigan darajada mazali chiqadi. Ayniqsa qaymoq va pishloqli krem uni og’zingizda erib ketishini ta’minlaydi.
Rovoch va merengali tart
Qiziqarli bu retsept asosida pishirilgan tart barchani lol qoldirishi aniq. Agarda uyda rovoch bo’lmasa, unda o’rniga bemalol nordon olmadan solsa bo’ladi.
Merengali brauni
Brauni – amerikancha bu pirog, ko’pchilikning sevimli shirinligiga aylanib ulgurgani bejizga emas. Chunki shokolad bilan to’yintirilgan, mayin va yoqimli ta’m ko’pchilikka yoqadi.
Merengali limonli tart
Limonli krem va merangali tart – nordon ta’mli krem va mazali merengali ta’m tasvirlab bo’lmaydigan darajada pishadi.
Beze bilan pishirilgan olmali pirog
Beze bilan pishirilgan olmali mana bunday pirog istalgan kimsaning eng sevimli retseptlaridan biriga aylanishi aniq.