Videoretsept: beze bilan pishirilgan olmali pirog

Videoretsept: beze bilan pishirilgan olmali pirog

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Beze bilan pishirilgan olmali mana bunday pirog sizning ham eng sevimli retseptlaringizdan biriga aylanishi aniq.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 23 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
100 gramm maselkadan "Konditer premium" margarini
70 gramm 20% yog'li smetana
170 gramm un
1 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
Asosiga:
150 gramm sariyog'
150 gramm shakar
2 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
350 gramm olma
1 choy qoshiq vanil shakari
3 ta tuxum oqi
4 osh qoshiq shakar upasi
Qadam 1
Tugllandi

Smetana, yumshoq sariyog' va bir chimdim tuzni bitta idishga solamiz.

Un bilan qabartmani elab solamiz va yumshoqina xamir qorib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Qolipga pergament qog'oz to'shab, xamirni yoyib olamiz. Chetlarini esa xamir o'rtasiga qaraganda balandroq qilamiz. Qolip aylanasi 22 sm bo'lsa maqsadga muvoqfiq bo'lar edi.

Qadam 3
Tugllandi

Olmalarni yuvib, po'stini archamiz. Xohlagan shaklda to'g'rab, yoyilgan xamir ustidan solamiz. Ustidan limon sharbatini siqib sepamiz.

Olma o'rniga olcha yoki nokdan ham ishlatish mumkin.

Qadam 4
Tugllandi

Sariyog', shakar va vanil shakarini qozonchaga solamiz. Gazni yoqib, to'liq eriguniga qadar kovlab turamiz.

So'ng kraxmalni solib, aralashtiramiz va gazdan olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Qaynoq qiyomni olmalarning ustidan quyamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Va 180 C darajada qizigan pechda 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz.

U pishguniga qadar tuxum oqi va shakar upasini yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Gaz haroratini 150 C ga pasaytiramiz. Pirogni gazdan olib, ustidan merengani solib, ustini tekislaymiz.

So'ng yan pechga yuborib, 20 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Pishgan pirogni sovutib, so'ng qolipidan ajratamiz. Bir necha soat yoki bir kechaga sovutgichga olib qo'yamiz.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
100 gramm maselkadan "Konditer premium" margarini
70 gramm 20% yog'li smetana
170 gramm un
1 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
Asosiga:
150 gramm sariyog'
150 gramm shakar
2 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
350 gramm olma
1 choy qoshiq vanil shakari
3 ta tuxum oqi
4 osh qoshiq shakar upasi
oldingi
Videoretsept: shokoladli tort-muzqaymog’i
keyingi
Vitello Tonnato

Fikringiz