fbpx
Videoretsept: Merengali limonli tart

Videoretsept: Merengali limonli tart

Masalliqlar:

  • Kurd uchun:

  • Merenga uchun:

Yo’nalishlar

Limonli krem va merangali tart – nordon ta’mli krem va mazali merengali ta’m tasvirlab bo’lmaydigan darajada pishadi.

Agar bunda tayyor xamirdan foydalanilsa, unda anchagina ish yengillashadi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 25 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

1 o’ram “Mali” tayyor xamiri "pesochniy"
Kurd uchun:
3 ta tuxum sarig’i
3 ta limon
70 gramm sariyog’ 
50 gramm shakar
Merenga uchun:
3 ta tuxum oqi
160 gramm shakar
Qadam 1
Tugllandi

Xamirmi qadog’idan olamiz va xona haroratida yumshagunga qadar qoldiramiz.

Qadam 2
Tugllandi

Xamir yumshagunga qadar limonli kurdni qaynatib olamiz. Uni bir necha kun avval tayyorlab, sovutgichda saqlash ham mumkin.

Qadam 3
Tugllandi

Limonlarni po’stini qirg’ichning eng kichkina tishchasidan chiqarib olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Sharbatini siqib olamiz va dokaro’moldan chiqarib olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Qozonchani olovga qo’yamiz, ichiga shakar, limon sharbati, po’sti, tuxum sarig’i va umshagan sariyog’ni solamiz.

Past olovda muntazam aralashtirib, quyuqlashguniga qadar pishiramiz.

Qaynashning ilk alomatlari ko’ringanda olovdan olamiz.

Boshqa idishga quyib, sovutib olamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Yumshoq xamirni 3-5 mm qalinlikda yoyib olamiz, qolipga solib chetlariga shakl beramiz.

Xamirni sanchiq bilan teshib chiqmiz, ustidan pergament qog’oz to’shab, ustidan “yuk” solamiz(loviya, no’xat)

Qadam 7
Tugllandi

180 -190 С darajada qizdirilgan pechda 15 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Merengani tayyorlab olamiz.

Shakar bilan tuxum oqi alohida idishga solamiz va aralashtirib olamiz.

Idishi bilan suv bug’iga qo’yamiz va shakar erigunga qadar aralashtirib olamiz.

Shakar erib, massa xiralashganda, mikser bilan ko’pirtirishni boshlaymiz.

Qadam 9
Tugllandi

Tuxum oqi quyuqlashishni boshlagach, ularni suv bug’idan olamiz, o’rtacha qattiqlikdagi ko’piklar hosil bo’lgunga qadar ko’pirtiramiz. Merenga tayyor!

Qadam 10
Tugllandi

Pishgan korjga sovigan kurdni solamiz, ustidan merengani solib, 200 С darajada qizdirlgan gaz pechida merenga qizarishi uchun 10 daqiqa pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Instagramdagi rasmiy sahifasi: @mali_uzb

Facebookdagi rasmiy sahifasi: Mali_uzb

Reklama huquqi asosida

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 o’ram “Mali” tayyor xamiri "pesochniy"
Kurd uchun:
3 ta tuxum sarig’i
3 ta limon
70 gramm sariyog’ 
50 gramm shakar
Merenga uchun:
3 ta tuxum oqi
160 gramm shakar
oldingi
Vetchina va pishloq solingan lavashli pishiriqlar
keyingi
Shakarli qiyomga botirilgan oddiy pryaniklar

Fikringiz