Iyul: 3 hafta taomnomasi
Hafta taomnomali ro’yxatini tuzish ko’pgina muoammolarga yechim bo’la oladi: oila bir xillikdan qutuladi, uy bekasi tayyorlashdagi asabbuzarliklardan qutuladi qarabsizki butun oila a’zolari mamnun.
Biz esa sizga tayyor hafta taomnomasini taqdim etamiz.
Dushanba
Cheburek
Qarsildoq, yupqa xamirdan pishirilgan chebureklar – ko’pchiligimizning jon-u dilimizdir. Bizning usulda tayyorlangan chebureklar yorqin rangli bo’lib, ichidagi asos juda sersuv chiqadi.
Malinali desert
Seshanba
Pomidor va pishloqli kotletlar
Kotletlarni pomidor va pishloq bilan pishirib, taomnomangizga xilma-xillik kiriting.
Bodring va ko’katli salat
Chorshanba
Brinza bilan pishirilgan sabzavotlar
Gaz pechida pishirilgan brinza va sabzavotlar juda ishtahaochar ko’rinishga ega bo’ladi. Rang-barang sabzavotlar esa taomni yanada mazali chiqishini ta’minlaydi.
«Smak» salati
Payshanba
Kartoshka, dudlangan go’sht va pishloq qo’shib pishirilgan toblatma
Kartoshka, dudlangan go’sht va pishloq qo’shib pishirilgan mazali toblatmamizning ta’mi umuman o’zgacha bo’lib, odatdagilaridan farq qiladi. To’yimli taom, lekin tez tayyorlaniladigan retsept qidirayotgan bo’lsangiz, unda shu retsept aynan siz uchun!
Italyancha salat
Juma
Frikadelkali turkcha sho’rva
Mana bunday frikadelkali sho’rva ham taomnomangizni boyitib, ajoyib tushlik yoki kechki ovqat vazifasini bemalol uddalay oladi.
Koreyscha go’sht va bodringli salat
Shanba
Pekincha usulda pishirilgan tovuq
Sharqona ziravorlardan solib, uy sharoitida tayyorlanilgan taom tez va oson pishiriladi.
Banan va rezavor mevalardan muzqaymoq
Yakshanba
Brizol
Brizol — oddiy, shu bilan birga juda nafis ta’mga ega taom bo’lib, kundalikda va har xil bayramlarda ham dasturxonga ko’rk bag’ishlaydi