fbpx
Pomidor va pishloqli kotletlar

Pomidor va pishloqli kotletlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Kotletlarni pomidor va pishloq bilan pishirib, taomnomangizga xilma-xillik kiriting.

Ushbu taom juda mazali va to’yimli bo’lib, uni istagan garnir bilan dasturxonga tortsa bo’ladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 70 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
700-800 gramm qiyma
100 gramm pishloq biz gauda pishlog'ini ishlatdik
3 ta pomidor
150 gramm piyoz
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 ta tuxum
ta'bga ko'ra tuz va murch
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Qiymani chuqur idishda kaltaklab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Piyoz va sarimsoqpiyozni mayda to'g'rab, qiymaga qo'shib aralashtiramiz. Tuxum va ziravorlar qo'shib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tayyor bo'lgan qiymadan og'irligi 100-120 gramm keladigan kotletlar yasaymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tovada yog'ni qizdirib, kotletlarni ikki taraflama qizartirib qovurib olamiz. So'ngra pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Pishloqni qirg'ichdan chiqaramiz, pomidorni doira shaklida to'g'rab olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xar bir kotlet ustiga avval pishloq sepib, so'ngra pomidor qo'yib chiqamiz.
180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 15 daqiqaga yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!

  • 40 daqiqa
  • Portsiya 10
  • Oddiy
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
700-800 gramm qiyma
100 gramm pishloq biz gauda pishlog'ini ishlatdik
3 ta pomidor
150 gramm piyoz
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 ta tuxum
ta'bga ko'ra tuz va murch
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Tayyor xamirdan tayyorlangan «Plyushka»lar
keyingi
Xantalda pishirilgan qo’y go’shti

Fikringizni qo'shing

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.