Brinza bilan pishirilgan sabzavotlar

Brinza bilan pishirilgan sabzavotlar

Masalliqlar:

  • Aralashmasiga:

Yo’nalishlar

Brinza va gaz pechida pishirilgan sabzavotlar juda ishtahaochar ko’rinishga ega bo’ladi.

Rang-barang sabzavotlar esa taomni yanada mazali chiqishini ta’minlaydi.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 25 000 so’m sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amalbqiladi.

Masalliqlar:

1 ta qizil lavlagi
1 ta sabzi
1 donq makkajo'xori
200 gramm brokkoli karami
200 gramm kam tuzlangan brinza
0.5 choy qoshiq har xil ziravorlar
Aralashmasiga:
1 osh qoshiq limon sharbati
4 osh qoshiq zaytun moyi
2 choy qoshiq asal
1 osh qoshiq xantal donachalari
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugllandi

Gaz pechini 200 C darajaga yoqib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Barcha sabzavotlarni katta-katta to'g'raymiz.

Qadam 3
Tugllandi

Qolipga o'simlik yog'idan surtamiz va qizil lavlagini teramiz. Gaz pechiga qo'yib 15 daqiqa pishiramiz.

Qadam 4
Tugllandi

15 daqiqadan so'ng sabzilarni solamiz, sevimli ziravorlarni sepamiz, ustini zar qog'oz bilab yopib, 15 daqiqaga qo'yamiz.

Qadam 5
Tugllandi

So'ng makkajo'xorini solob, 10 daqiqa pishiramiz.

Qadam 6
Tugllandi

Brokkolini solib, yana 10 daqiqaga qo'yamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Aralashmaga kerakli masalliqlarni aralashtirib olamiz. Taomni gaz pechidan olib, sovutamiz va aralashmani quyamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Brinzani solib aralashtiramiz va dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 ta qizil lavlagi
1 ta sabzi
1 donq makkajo'xori
200 gramm brokkoli karami
200 gramm kam tuzlangan brinza
0.5 choy qoshiq har xil ziravorlar
Aralashmasiga:
1 osh qoshiq limon sharbati
4 osh qoshiq zaytun moyi
2 choy qoshiq asal
1 osh qoshiq xantal donachalari
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Videoretsept: makkajo’xori unidan tayyorlangan bananli pankeyklar
keyingi
Echpachmak (go’sht va kartoshkali somsachalar)

Fikringiz