Kefirdan nimalar tayyorlasa bo’ladi
Kefir – har birimizning muzlatgichimizdan topiladigan foydali mahsulotdir. Undan juda ko’p mazali pishiriqlar tayyorlash mumkin.
Ushbu maqolamizda, uyda muzlatgichidan kefirni olib, undan nima tayyorlashni bilmayotganlar uchun taomlar ro’yxatini tayyorlab qo’yganmiz.
Kefir solib pishirilgan oddiy keks
Tayyorlash mumkin bo’lgan eng oson pishiriq bu – keks. Kefirdan tayyorlangan kekslar juda mayin va nam bo’lib pishadi. Ularga yong’oq va shokoladli glazur kabi qo’shimchalarni qo’shsangiz, ayni muddao.
Kefirda qilingan go’shtli pirojkalar (kibinay)
Kam vaqt ichida tayyorlanadigan ushbu pirojkalarning xamiri, oddiy masalliqlardan tayyorlanilishiga qaramay juda mayin bo’lin chiqadi va oshirma xamirdan tayyorlangan pirojkalardan hech hamqolishmaydi.
Kefir solib pishirilgan mazali pechenyelar
Choy ichishga hech narsa olmagansiz, muzlatgichda esa faqat kefir bormi? Hech qisi yo’q, kefirdan mazali pechenyelar tayyorlang. Ular juda oson va tez tayyor bo’ladi.
Maffinlar
Kefirdan tayyorlangan maffinlar – juda mayin pishiriq bo’lib, nonushta va shirin dasturxonlar uchun mos keladi.
Maffinlarni turli mevalar, yong’oqlar va hatto kako solib, shokoladli qilib pishirish mumkin.
Ko’k piyoz va tuxumli quyma pirog
Bunday xamirlarni pazandalarimiz yoqtirishadi – u juda oddiy bo’lib, ko’p vaqt va qandaydir maxsus masalliqlarni talab qilmaydi. Barcha kerakli mahsulotlar oshxonangiz va muzlatgichingizdan topiladi.
Bunday xamir uchun har xil asoslar to’g’ri keladi – karamli, kartoshkali qo’ziqorinli, go’shtli va, albatta, ko’k piyoz va tuxumli.
Asosiysi shoshilmasdan, xamirga yaxshilab pishishi uchun imkon yaratish.
Kefir solib pishirilgan mayizli «mannik»
Kefirdan tayyorlangan mannik judda mayin va mazali bo’lib pishadi. Tayyorlanish jarayoni juda oson, maxsusu ko’nikmalarni talab qilmaydi.
Pishloqli xachapuri
Shunday paytlar bo’ladiki, kam vaqt ichida tezda biron-bir mazali taom tayyorlashga to’g’ri keladi. Mana shunday vaziyatlarda kefirdan tayyorlangan ushbu pishloqli xachapurilar sizga as qotadi.
Do’mboq quymoqchalar
Yumshoq va do’mboqqina chiqadigan bunday quymoqchalar har kimning ham ishtahasni ochib yuborishi aniq. Eng asosiysi ular kefirdan tayyorlangan. Demak tez va oson tayyorlanadi.
Kefirda pishirilgan quymoqlar
Kefirda pishirilgan quymoqlar nafaqat mazali, balki juda foydali ham hisoblanadi. Bunday pishiriq ajoyib nonushta yoki yengilgina kechki taom o’rnini bemalol bosa olishiga shubha yo’q.