Aprel: 1 hafta taomnomasi
Bugun shanba, demak sizlar uchun tayyorlab qo’ygan taomnomani taqdim etish vaqti keldi. Ushbu taomnoma sizga ikki baravar qulaylik tug’dirsa ajab emas, chunki unda har bir hafta kuni taomlari o’z nomiga ega.
Dushanba
Yengil taomlar kuni.
Qaymoqli qaylada pishirilgan tovuq va brokkolili taom
Tovuq go’shti va brokkolidan tayyorlaniladigan bu taom ajoyib ta’m kasb etadi. Bir xil ta’mli taomlar tayyorlashdan zerikkan bo’lsangiz, unda bunday taom tayyorlashning ayni fursati.
Rukkola va yosh makkajo’xoridan tayyorlangan salat
Seshanba
Milliy taomlar kuni.
Ko’k somsa
Ushbu somsalarning xamirini tayyorlash esa ko’pchilik uchun yangilik bo’lsa ajab emas! Somsalarni chiroyli chiqishi uchun cho’pchalarda terib chiqsak ham, alohida-alohida tugib chiqsak ham bo’ladi.
Paxlava
Chorshanba
Turli millatlar taomlari.
Kartoshkali toblatma (graten)
Graten – gaz pechida qizartirib pishiriladigan ovqat bo’lib, unga ishlatiladigan kartoshka a’lo darajali bo’lishi kerak. Ya’ni: o’rtacha qattiqlikda va katta-katta. Pishloq xohishga qarab tanlanadi. Sarimsoqpiyoz va ziravorlarni ayamang, chunki toblatmamiz mazzasi shu ziravorlarga bog’liqdir!
Fransuzcha salat
Payshanba
Dukkakli mahsulotlardan taomlar kuni.
Qizil loviya va qaymoqli qaylada pishirilgan tovuq oyoqlari
Qaymoqli qaylada pishirilgan xushbo’y tovuq va loviya – tushlik yoki kechki ovqat uchun to’yimli va mazali yechim bo’la oladi.
Ushbu taomni tayyorlashda tovuqning har qanday qismini ishlatishingiz mumkin.
Meksikancha salat
Juma
Suyuq taomlar kuni.
Frikadelkali turkcha sho’rva
Mana bunday frikadelkali sho’rva ham taomnomangizni boyitib, ajoyib tushlik yoki kechki ovqat vazifasini bemalol uddalay oladi.
Olma va yong’oqli asosli pechenye
Shanba
Baliq yoki gaz pechida pishiriladigan taomlar.
Bug’da pishirilgan sudak balig’i va kartoshka pyuresi
Bugungi kunni o’zingiz uchun “baliq kuni” deb e’lon qiling va baliqdan yengil, qolaversa nihoyatta mazali taom tayyorlang. Bu ovqat sizga o’zining takrorlanmas ta’mi va oson tayyorlanishi bilan yoqishi aniq.
“Foydali” salati
Yakshanba
Grill yoki kabob kuni.
Tovuqning lahm sonidan qozon-kabob
Sizning e’tiboringizga mazali ko’rinishga ega ajoyib tamli – qozon-kabob retseptini taqdim etamiz. Ushbu taomni bizning retseptimiz bo’yicha albatta tayyorlab ko’ring va kechki ovqat yoki tushlik uchun oltin rangli kartoshka va huddi shunday tusga ega sersuv tovuq go’shtiga to’la taom yarating.
Gruzincha yengil salat