fbpx
Gruzincha yengil salat

Gruzincha yengil salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Gruzinchadan tarjima qilinganda “ko’klam” degan ma’noni anglatuvchi bu salat haqiqatdan ham juda mazali va sersuv ta’mga ega. Eng asosiysi esa u oddiy masalliqlardan tez va oson tayyorlaniladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 4 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
2 ta bodring
2 ta shirin-nordon ta'mli olma
1 choy qoshiq limon sharbati
bir-ikki shoxcha shivit
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq zaytun yoki o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz
Qadam 1
Tugllandi

Koreyscha sabzili salatga mo'ljallangan qirg'ichdan olma va bodringni chiqarib olamiz yoki yupqa somoncha qilib to'g'raymiz. Tog'orachaga solamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Sarimsoqpiyoz va shivitni ham mayda to'g'rab salatga solamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Tuz va limon sharbatidan solib, aralashtiirb olamiz. Ta'bga qarab, ozroq o'simlik yog'idan ham quyamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 10 daqiqa
  • Serves 2
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
2 ta bodring
2 ta shirin-nordon ta'mli olma
1 choy qoshiq limon sharbati
bir-ikki shoxcha shivit
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq zaytun yoki o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz
oldingi
Videoretsept: Qatlamali xamirdan qilingan tovuq va qo’ziqorinli somsa
keyingi
Tvorog-olmali sochma pirog

Fikringiz