fbpx
Videoretsept: Tovuqning lahm sonidan qozon-kabob

Videoretsept: Tovuqning lahm sonidan qozon-kabob

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Sizning e’tiboringizga mazali ko’rinishga ega ajoyib tamli – qozon-kabob retseptini taqdim etamiz.

Ushbu taomni bizning retseptimiz bo’yicha albatta tayyorlab ko’ring va  kechki ovqat yoki tushlik uchun  oltin rangli kartoshka va huddi shunday tusga ega sersuv tovuq go’shtiga to’la taom yarating.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 70 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
1500 gramm Saxovat tovuq sonlari filesi
1 kilogramm kartoshka
150 gramm piyoz
300 millilitr o'simlik yog'i
ta'bga ko'ra tuz va murch
1 choy qoshiq zira
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
100 millilitr suv
bezak uchun qizil piyoz
bezak uchun pomidor cherry
Qadam 1
Tugallandi

Qozonga o'simlik yog'ini quyib, qizdiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Birinchi bo'lib, tovuq sonlari filesini o'rtachadan balandroq olovda oltin rang tusga kirgunicha qovurib olamiz.
Tagi chuqur idishga olib, ziravorlar va tuz solib aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tovuq go'shti qovurilgan yog'da butun kartoshkani yaxshilab qizartirib olamiz. Uni ham tagi chuqur idishga olib, ziravorlar va tuz sepib, aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Yarim dumaloq shaklida to'g'ralgan piyozni 2 daqiqa yumshagunicha qovurib olamiz.
Piyoz ustiga qovurilgan kartoshka va son filesini qo'yamiz. Qozon ustini yopib, past olovda 25-30 daqiqa pishiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tayyor bo'lgan taomni laganga solib, piyoz va cherri pomidori bilan bezatamiz.
Yoqimli ishtaha!
Saxovatning Facebookdagi sahifasi - Saxovat Broyler
Saxovatning Instagramdagi sahifasi - saxovat.official
"Saxovat" do'konlarining manzillarini bu yerdan topishingiz mumkin - Saxovat do'konlarining manzillari

reklama huquqi ostida

  • 1 soat
  • Serves 6
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
1500 gramm Saxovat tovuq sonlari filesi
1 kilogramm kartoshka
150 gramm piyoz
300 millilitr o'simlik yog'i
ta'bga ko'ra tuz va murch
1 choy qoshiq zira
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
100 millilitr suv
bezak uchun qizil piyoz
bezak uchun pomidor cherry
oldingi
Tovada pishirilgan achchiqqina tovuq go’shti
keyingi
Videoretsept: Krusteazdan olmali glyutensiz pankeyklar

Fikringiz