Fevral 1- hafta taomnomasi
Fevral oyining birinchi haftasi uchun tayyorlab qo’ygan taomnomamizni taqdim etamiz. Yangi oyning yangi haftasini biz bilan boshlang.
Dushanba
Xitoycha qovurilgan guruch va tovuqli taom
Sharqona usulda qovurilgan guruch va tovuqli taom dunyo bo’yicha ko’plab xitoycha restoranlarda tortiladi. Bunday taom xuddi biz xohlagandek – mazali, tez va juda oson tayyorlaniladi!
Shokoladli fadj
Seshanba
Qiymadan tayyorlangan “qush uyasi” taomi
Bugun sizlarga ajoyib taom retsepti, ya’ni qiymadan tayyorlangan “Qush uyalari”ni e’tiboringizga havola etamiz. Bunday ko’rinishdagi yegulik katta-yu kichikka birdek manzur bo’lishi aniq.
Grekcha salat
Chorshanba
Frikadelkali turkcha sho’rva
Mana bunday frikadelkali sho’rva ham taomnomangizni boyitib, ajoyib tushlik yoki kechki ovqat vazifasini bemalol uddalay oladi.
Videoretsept: bananli pudding
Payshanba
Mol go’shtidan tayyorlangan chashushuli
Bu taomni tayyorlash juda oson bo’lib, unga suv solimaydi, bu esa o’z navbatida barcha masalliqlarining o’z ta’mini yorqinroq ochib berishiga sabab bo’ladi.
Karam va pomidirli salat
Juma
Har xil rangli chuchvaralar
Bunday chuchvaralarga qanday bo’yoqlar qo’shiladi? Hech qanday! Bo’yoqlar sifatida faqat tabiiy mahsulotlardan foydalaniladi: ismaloq, qizil lavlagi va qizil sabzi.
Kraffinlar
Shanba
Videoretsept: Turkcha burek
Turk oshxonasining sevimli taomlaridan biri – turkcha burekdir. Og’izda erib ketuvchi bu pirogni har xil asoslardan pishirib, yangidan-yangi ta’mli taomlar bilan oila a’zolaringizni xursand qiling.
Tovuq va pishloqli salat
Yakshanba
Do’lma
Bu taom nafaqat mazali, balki juda foydali bo’lib, tok barglari ovqat hazm qilishni yaxshilab, organizmdagi moddalar almashinuvi jarayonini normallashtiradi. Bu taom bila birga iste’mol qilish uchun esa smetana va sarimsqpiyozdan ajoyib qayla tayyorlashingiz mumkin.
Quymoqli tort