fbpx
Videoretsept: Turkcha burek

Videoretsept: Turkcha burek

Taomlari:

    Masalliqlar:

    • Xamiriga:

    • Asosiga:

    • Xamiriga surtish uchun:

    • Ustiga:

    Yo’nalishlar

    Turk oshxonasining sevimli taomlaridan biri – turkcha burekdir. Og’izda erib ketuvchi bu pirogni har xil asoslardan pishirib, yangidan-yangi ta’mli taomlar bilan oila a’zolaringizni xursand qiling.

    Xamirni qo’lda yoyish orqali ham, xamir juda yupqa chiqadi. Kelinglar, ming eshitgandan ko’ra bir ko’rmoq afzaldir, videolavhamizni tomosha qiling va baho bering!

    Masalliqlar:

    Xamiriga:
    300 gramm un
    150 millilitr iliq suv
    0.5 choy qoshiq tuz
    2 osh qoshiq o'simlik yog'i
    Asosiga:
    500 gramm qiyma
    2 ta piyoz
    2-3 bog' ismaloq
    ta'bga qarab tuz va murch
    1 choy qoshiq zira
    qovurish uchun o'simlik yog'i
    Xamiriga surtish uchun:
    100 gramm sariyog'
    Ustiga:
    ta'bga qarab sedana
    1 ta tuxum sarig'i
    Qadam 1
    Tugallandi

    Xamir qoramiz

    Iliq suvga tuzni solib aralashtiramiz.

    Unni ustidan suvni solib, o'rtacha qattiqlikdagi xamir qoramiz.

    Qadam 2
    Tugallandi

    Xamirni ustidan o'simlik yog'i surtamiz va ustini yopib, yarim soatga tindiramiz.

    Qadam 3
    Tugallandi

    Asosini tayyorlab olamiz.

    Tovada yg'ni qizdiramiz va qiymani solib biroz qovurib olamiz.

    Qadam 4
    Tugallandi

    Piyozni mayda to'g'rab, qiyma ustidan solamiz va birga qovuramiz.

    Birgalikda 3-4 daqiqa qovurib olamiz.

    Qadam 5
    Tugallandi

    Ismaloqni yuvib to'g'raymiz va tovaga solamiz.

    Aralashtiramiz va ziravorlarni sepib olovni o'chirib qo'yamiz.

    Qadam 6
    Tugallandi

    Xamirni olib, 4 ta bo'lakka bo'lamiz.

    Qadam 7
    Tugallandi

    Xamir bo'laklarini likopcha kattaliklaridek yoyib olamiz.

    Qadam 8
    Tugallandi

    Kattaroq likop olamiz va unga sariyog' surtamiz. Ustidan yoyilgan xamirni qo'yib, unga ham xona haroratidagi sariyog' surtib chiqamiz.

    Qadam 9
    Tugallandi

    Har bir xamirni xuddi shunday ustma-ust qo'yamiz va har bir qavatini yaxshilab yog'lab olamiz.

    Qadam 10
    Tugallandi

    Ustma-ust qo'yilgan xamirlarni ustini yelim qog'ozda yopib, 15 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

    Qadam 11
    Tugallandi

    So'ng xamirlarni bittasini olamiz va qo'lda cho'za boshlaymiz. Yupqa cho'zgandan so'ng bir chetiga asosning to'rtdan bir qismini qo'yib chiqamiz va ruletga o'xshab o'rab chiqamiz.

    Xamirni

    Qadam 12
    Tugallandi

    Qolip yoki patnisga pergament qog'oz toshaymiz va o'rtasidan xamirni aylana shaklda buklab chiqamiz.

    Qadam 13
    Tugallandi

    Qolgan xamirlarni ham xuddi shunday yoyamiz, o'rab bir-biriga birlashtiramiz.

    Qadam 14
    Tugallandi

    Ustiga tuxum sarig'ini surtamiz va kunjut sepamiz.

    Qadam 15
    Tugallandi

    So'ng 200 C da qizdirilgan gaz pechida ularni tillarangga kirgunicha, taxminan 30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

    Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

    Muallif: Sitora

    • O’rtacha

    Share it on your social network:

    Or you can just copy and share this url

    Masalliqlar:

    Xamiriga:
    300 gramm un
    150 millilitr iliq suv
    0.5 choy qoshiq tuz
    2 osh qoshiq o'simlik yog'i
    Asosiga:
    500 gramm qiyma
    2 ta piyoz
    2-3 bog' ismaloq
    ta'bga qarab tuz va murch
    1 choy qoshiq zira
    qovurish uchun o'simlik yog'i
    Xamiriga surtish uchun:
    100 gramm sariyog'
    Ustiga:
    ta'bga qarab sedana
    1 ta tuxum sarig'i
    oldingi
    Go’sht va kartoshkali pirog
    keyingi
    Uy sharoitida popkorn tayyorlash

    Fikringizni qo'shing

    Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.