Iyul: 2-hafta taomnomasi
Taomnonama ro’yxatini oldindan tuzib qo’yib, «bugun nima tayyorlasam ekan?!» degan savoldan batamom qutuling va ortgan vaqtingizni esa sevimli mashg’ulotlaringiz va oilangizga bag’shlang.
Dushanba
Okroshka, baqlajon va brinzali iliq salat
Yozning jazirama kunlarida ba’zan ishtaha umuman yo’qoladi. Shunday paytda ko’pchilikka sevimli bo’lgan yaxna sho’rva as qotadi. Baqlajonli bunday salatni tayyorlash juda oson bo’lib, iste’mol qilish esa undanda yoqimliroqdir!
Seshanba
Shovla, bodring va ko’katli salat
To’yimli, ishtahaochar va nihoyatda mazali shovla taomi, milliy oshxonamizning ajralmas taomlaridan biri hisoblanadi.
Chorshanba
Bozor xonim va pentuza salati
Agarda siz bozor xonimdan ta’tib ko’rgan bo’lsangiz, unda uning qanchalik mazali ekanligidan xabaringiz bor. Uyda, o’z qo’llaringiz bilan pishirilgan xonim esa hammasidan ham a’lodir. Pentuza salati bizlarning eng sevimli salatlarimizdan biridir. Bu salatni bizning usulda tayyorlasangiz, haqiqiy koreyscha pentuzadan umuman farq qilmasligiga guvoh bo’lasiz.
Payshanba
Qo’ziqorin va pishloq qo’shilgan tovuqli taom, tuxum va rediskali salat
Tovuqli taomlarni xush ko’ruvchilar uchun ajoyib retsept! Qo’ziqorin va pishloq qo’shib pishiriladigan mazali tovuqli taom. Bunday ajoyib uyg’unlikdagi taom, har bir oila a’zolaringizga yoqishi aniq.
Juma
Gaspacho – pomidorli yaxna sho’rva, Turkcha «go’zleme» pishirig’i va nemischa salat
Jazirama yoz kunlarida gaspacho sho’rvasi organizmni kerakli vitaminlarni berish bilan birga, chanqoqni bostirib tetiklashtiradi.
Shanba
Hyatt Regency mehmonxonasidan retsept: Qozon kabob va «Foydali» salati
Qozon kabob bu bizlarning eng sevimli, shu bilan birga juda to’yimli taomlarimizdan biridir. Uning mazali chiqishi uchun kerakli mahsulotlarni to’gr’i solish va asosiysi taomni xush kayfiyatda pishirish kifoyadir!
Yakshanba
Qovurdoq, qo’ziqorin va sabzavotli salat, o’rik va malinali quyma pirog
Yakshanba kuyni biz o’zbeklar tansiq taom yeyishga odatlanganmiz. Kelinglar, bugun ham shu odatga sodiq qolgan holda qovurdoqdan pishirsak. Qovurdoq bu oddiy masalliqlardan tayyorlaniladigan juda mazali taom bo’lib, oson tayyorlaniladi. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.