Dekabr: 4-hafta taomnomasi
Hafta davomida oila a’zolaringizni mazali va tansiq taomlar bilan siylashni istasangiz, unda bizning «Hafta taomnomasi» bo’limimizdan foydalanishni tavsiya qilamiz.
Hafta taomnomasini tuzishda bizlar har doim mahsulotlarning mavsumi va oson tayyorlaniladigan taomlardan iloji boricha tanlashga harakat qilamiz, shunda oilangizga ko’proq vaqt ajratishga imkoningiz tug’iladi.
Dushanba
Xamir ichiga solib pishirilgan do’lma, «Vinegret» salati
Xamir ichiga solib pishiriladigan do’lmalar juda antiqa taom bo’lib, shunga qaramasdan ilk marotaba iste’mol qilinganda deyarli barchaga yoqadi. Vinegret – sal salqinroq havoda sevib iste’mol qilinadigan salatlardan biri bo’lib, uni tayyorlash jarayoni esa juda oddiydir.
Seshanba
Videoretsept: Tuxumli bifshteks, qadimiy usulda pishirilgan kartoshka, qizil boshli karam va rukkoladan salat
Tuxumli bifshteks juda mazali taomlardan biridir. Qadimiy usulda gaz pechida pishirilgan kartoshka – hozirda sevib iste’mol qilinadigan kartoshka qalamchalari va qovurilgan kartoshdan mazaliroq chiqadi. U o’ziga xos xushbo’y hidli, usti qizarib pishgan qarsildoq va ichi esa yumshoqqina bo’lib pishadi.
Сhorshanba
Tovuq bilan pishirilgan kartoshkali rulet, dungan qalampirlaridan gazak
Tovuq go’shti solib pishirilgan kartoshkali rulet sizning taomnomangizga yangilik kiritib, dasturxoningizga ham ko’rk bag’ishlaydi. ungan qalampiri va qiymadan tayyorlanilgan ajoyib yegulik retseptini taqdim etamiz. Uni o’zini taom sifatida ham, taomga qo’shimcha gazak sifatida ham tortishingiz mumkin.
Payshanba
Pigodi – koreyscha taom va qisqichbaqa tayoqchalaridan mazali salat
Oshirma xamirdan tayyorlangan koreyscha pigodilarning to’liq tayyorlanish retseptiga amal qilib, siz ham ulardan pishiring. O’zingizni sinab ko’ring.
Juma
Videoretsept: tovuq go’shtidan ajoyib taom va fransuzcha salat
Tovuqning to’shidan yumshoq va mazali taom tayyorlashni istaysizmi? Tovuq, pishloq va pomidorlar – bu masalliqlar xuddi bir-biri uchun yaratilgandek go’yo. Bu taom chiroyli ko’rinishga ega bo’lgani uchun ham uni bayram dasturxoningizda ham tayyorlasangiz bo’ladi.
Shanba
Qiymali ratatuy va grekcha salat
Hozir sabzavotlardan to’yib oziqlanishning ayni fursati bo’lib, bugun ulardan fransuz oshxonasiga mansub taom bo’lmish, ratatuy tayyorlaymiz.
Yakshanba
Qovurilgan jo’ja, tuxum va rediskali salat. Shokolad va yong’oqli o’rama pirog.
Yakshanba kuyni biz o’zbeklar tansiq taom yeyishga odatlanganmiz. Kelinglar, bugun ham shu odatga sodiq qolgan holda xuddi kafelarda pishirilgandek mazali qovurilgan jo’ja tayyorlaymiz. Bu ovqatni yaxshiroq hazm qildirish uchun esa bizda maxsus salat ham bor. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.