Yangi yil dasturxoniga nimalar tayyorlash mumkin: pishiriqlar
Yangi yil dasturxonini bezaydigan pishiriqlar va har xil shirinliklar jamlanmasi.
Ko’rgazmali pechenyelar
Bu pishiriqlardan shundoqqina yangi yil nafasi ufirib turadi! Bunday nomni bu pechenyelar o’rtasidagi rang-barang karamellari sababli ham olgan, chunki ular bir qarashda vitrajli oynalarni eslatadi. Tayyorlash jarayoni ko’p vaqtni talab qilmaydi. Pechenyelar uchun xamirni qo’rqmasdan oldindan tayyorlasa ham bo’ladi.
Shokoladli yoriq pechenyelar
Bu pechenyelar ustidagi yoriq naqshlari tufayli ham juda chiroyli, ishtahaochar ko’rinishga ega. Bunday go’zallikni tayyorlash esa hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi. Shokoladni sevuvchilar uchun esa bu retsept – topilmadir! Shuningdek ular bayram dasturxoniga o’zgacha chiroy bag’sh etadi.
Zanjabilli pechenyelardan gulchambar
Zanjabilli pechenye – ommalshgan yangi yil shirinligidir. Bu pechenyeni pishirishga ijodiy yondashib, yangi yil gulchambaragini yasashni taklif qilamiz. Bunday gulchambarakdan uyingiz nafaqat bezatiladi, balki zanjabil va dolchinning xushbo’y ifori bilan to’ladi. Bu ko’rinishdagi mazali bezak nafaqat bolalarni, balki kattalarni ham birdek quvontirishi aniq.
Zanjabilli tort
Zanjabilli tort – nomlanishini o’ziyoq bizga bayramni eslatadi. Hech qaysi bayram, ayniqsa yangi yil bayram torti ishtirokisiz o’tmasligi aniq. Bu tortni pishirish jarayonidagi dolchin va zanjabildan taraladigan iforlar esa bayram kayfiyatini ko’tarishi aniq. Pishirig’imiz ustini shokoladli archalar bilan bezatishimiz esa yaqinlaringiz, ayniqsa bolajonlarni hayratda qoldirishi aniq!
«Krokembush» torti
Profitrollardan tayyorlangan ajoyib va betakror fransuzcha tort. Odatda to’y marosimlarida pishiriladigan bu tortni oxirgi paytlarda yangi yil bayramida ham tayyorlash urfga aylanmoqda. Uni tayyorlash unchalik qiyin emas. Bunda sizga bizning batafsil retsept yordam beradi.
Frutkeyk
Frutkeyk – bu Amerika va Yevropada ommalashgan, asosan rojdestvo bayramida pishiriladigan mazali keksdir. Quritilgan mevalardan ko’proq solinishi tufayli ham bu pishiriq xushbo’y hid va chiroyli ko’rinish aks etadi.Ba’zi bir manbalarda bunday quritilgan mevalarni bir necha hafta davomida romga botirib qo’yish keragligini aytishadi. Bizning retseptda bunga hojat yo’q – keksni ustidan biz mazali qiyom quyamiz.
Shokoladli salyami
Shokoladli salyami – yangi yil dasturxonini bezaydigan ajoyib pishiriq bo’lib, shirinlikni yoqtiradigan, lekin pishir- kuydirga toqati yo’q bekajonlar uchun ayni muddao. Bu retsept hech kimdan yuksak mahoratni talab qilmaydi. Choy yoki qahva bilan juda yaxshi iste’mol qilinadi.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.