Ko’rgazmali pechenyelar

Ko’rgazmali pechenyelar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bu pishiriqlardan shundoqqina yangi yil nafasi ufirib turadi! Bunday nomni bu pechenyelar o’rtasidagi rang-barang karamellari sababli ham olgan, chunki ular bir qarashda vitrajli oynalarni eslatadi.

Tayyorlash jarayoni ko’p vaqtni talab qilmaydi. Pechen’yelar uchun xamirni qo’rqmasdan oldindan tayyorlasa ham bo’ladi.

Bayramda bolajonlarni bunday shirinliklar bilan xursand qiling – do’stlaringiz va yaqinlaringizga ham sovg’a sifatida taqdim qilsangiz ularni hayratda qoldirishingiz tayin!

Masalliqlar:

225 gramm yumshatilgan sariyog'
100 gramm shakar
1 ta tuxum
350 gramm un
20 gramm kraxmal
200 gramm turli rangdaki obakidandon (леденец)
Qadam 1
Tugllandi

Sariyog' bilan shakar ko'pirtiriladi.
Tuxum qo'shilib, ko'pirtirishda davom etiladi.

Qadam 2
Tugllandi

Un bilan kraxmal aralashtirilib, sariyog'li aralashmaga qo'shiladi.

Qadam 3
Tugllandi

Xamir qoriladi, aylana shaklga keltirilib, oziq-ovqat pelyonkasiga solinib, kamida 1 soatga sovutgichga qo'yiladi.
Bu xamir sovutgichda 3 kungacha, muzlatgichda esa 3 oygacha saqlanilsa bo'ladi.

Qadam 4
Tugllandi

Obakidandonlar plastik paketga solinadi va bolg'acha yordamida kukun holatiga kirguncha maydalaniladi.
Hozirgi pechen'yemizga biz obakidandonning tortib sotiladigan - Pikolo turidan foydalandik. Siz o'zingizga yoqqan turidan foydalanishingiz mumkin, faqat ichidagi qo'shimcha (asos)larsiz bo'lishi kerak. Masalan dyushes, barbaris va hokazo.

Qadam 5
Tugllandi

5-qadam

Sovigan xamir olinib, 5 mm qalinlikda yoyiladi.
Xamirdan kesish uchun mo'ljallangan shaklchalar bilan pechen'yelar kesiladi va xuddi shunday faqat kichikroq hajmdagi shakllar bilan o'rtasi yana kesilib olinadi.

Qadam 6
Tugllandi

6-qadam

Duxovka patnisiga yog'langan qog'oz to'shalib, ustidan pechen'yelar terib chiqiladi va 170 C haroratda 5-7 daqiqa davomida pishiriladi.

Qadam 7
Tugllandi

7-qadam

Keyin duxovkadan patnis olinadi, pechen'yelar ichidagi kesilgan joyiga obakidandondan sepiladi.
Yana 5 daqiqa davomida pishiriladi. Pishish jarayonida karamel erib, pishirig'imiz ichini to'ldiradi va chiroyli ko'rinishga kiradi.
Yangiliklarga boy mazali yangi yil retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

225 gramm yumshatilgan sariyog'
100 gramm shakar
1 ta tuxum
350 gramm un
20 gramm kraxmal
200 gramm turli rangdaki obakidandon (леденец)
oldingi
Kartoshka – qadimiy usulda pishirish
keyingi
Qaynatma krem tayyorlash qoidalari

Fikringiz