Avgust: 4-hafta taomnomasi
Taomnonama ro’yxatimizdagi taomlarni keraklisini tanlab, bozorlikni oldindan qilib qo’ying va hafta mobaynida xotirjam, reja asosida ish tuting. Qarabsizki, ishingiz ancha oson kechadi.
Dushanba
Ko’za sho’rva, tuxum va rediskadan salat va «piramida» torti
Ko’za sho’rva eng mazali, tobida qaynab pishgan taomlardan biridir. Ko’zachalarda pishirilgan sho’rva ta’mi oddiy qozonda pishirilganidan keskin farq qiladi. Ishonmasangiz, bir pishirib ko’ring!
Seshanba
Videoretsept: Tovuqli shnitsel va mujskoy kapriz salati
Tovuq go’shtidan har xil juda yengil va mazali taomlar pishirish mumkin. Shulardan biri tovuqli shnitsel taomi!
Chorshanba
Moshxo’rda va pentuza salati
Tobida qaynab pishgan, juda mazali milliy taomlarimizdan biri bu moshxo’rdadir. Pentuza salati bizlarning eng sevimli salatlarimizdan biridir. Bu salatni bizning usulda tayyorlasangiz, haqiqiy koreyscha pentuzadan umuman farq qilmasligiga guvoh bo’lasiz.
Payshanba
Go’shtli rulet, «Koul Slou» salati
Go’sht va qaynatilgan tuxumdan tayyorlaniladigan ruletdan pishirib ko’rmaganlar shoshiling. Juda to’yimli va mazali bunday ovqatdan so’ng, ancha vaqtgacha to’q yurishingiz aniq.
Juma
Qaynatma sho’rva, turkcha somsa va malinali desert
Bizlarda hech qaysi hafta tobida qaynab pishgan qaynatma sho’rvalarsiz o’tmaydi, uyda pishirilgan somsalar bilan esa rohati jondir.
Shanba
Chuchvara, fransuzcha salat va qorag’atdan tayyorlanilgan zefir
Chuchvara bizlarning sevimli milliy taomlarimizdan biri bo’lib, uni tayyorlash biroz vaqt talab qilishi mumkindir. Ammo uyda tayyorlanilgan chuchvaraga do’konlardagi tayyor mahsulotlarning hech biri teng kela olmaydi.
Yakshanba
«Dangasa» tovuq oyoqchalari, tuxum va rediskali salat.
Pazandachilikda hech narsadan xabari yo’q, endi o’rganishni boshlayotganlar ham pishira oladigan oddiy va mazali retseptlarimizdan birini bugun sizlarga taklif qilamiz. Bu ovqatni yaxshiroq hazm qildirish uchun esa bizda maxsus salat ham bor. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.