Qurbon Hayit bayramida nimalar tayyorlash mumkin
Mana muqaddas Qurbon Hayiti bayramiga ham sanoqli kunlar qoldi. Allaqachon ko’pchilik bu bayramga tayyorgarlikni boshlashgan bo’lsa ajab emas. Bu kunda ko’pincha nima tayyorlasam ekan deb, ko’pchilikning boshi qotadi. Shu sabab ham bizlar bugun bir nechta retseptlarni taqdim etamiz. O’ylaymizki, sizlarga manzur bo’ladi.
Suzma va bodringdan tayyorlanilgan salat
Suzma va bodringdan tayyorlaniladigan salat juda mazali bo’lib, dasturxonga ham ko’rk bag’ishlaydi. U go’shtli va xamirli taomlar bilan ham yaxshi iste’mol qilinadi. Asosiysi bu salatga unchalik nordon bo’lmagan suzmadan ishhlatish kerak.
“Registon” salati
Chiroyli va yorqin ko’rinishdagi salat bayram dasturxonini bezaydi. Uning tarkibiga mol go’shti, sabzavotlar mavjudligi sabab ham u juda ozuqaviy, shu bilan birgalikda yengil salat ham sanaladi. U yanada chiroliroq chiqishi uchun unga har xil rangli bulg’or qalampirlaridan soling.
Qozon kabob
Qozon kabob taomini asosan bayramlarda tayyorlashadi. Bu mazali va juda to’yimli taom qo’y go’shti va kartoshkadan tayyorlaniladi. Ziravorlarga to’yinib pishgan go’sht bo’laklari va tillarang kartoshkalar hech kimni befarq qoldirmasligi aniq.
Gulxonim
Gulxonim xamirli taomlar ichida eng chiroylilaridan biri bo’lib, uning ko’rinishi ishtahani ochadi. Bu taoomni dasturxonga tortish yoki mehmonga pishirib olib borish ham mumkin. Aytgancha taom nafis chiqishi uchun xamirni iloji boricha yupqa yoyish talab etiladi.
Samarqandcha palov
Hech bir bayram dasturxonini shohona taomimiz palovsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Aynan Hayitdan bir kun oldin deyarli hamma osh pishiradi. Samarqandcha pal
ov esa boshqoga viloyatning oshlaridan biroz farq qiladi.
Chak-chak
Chak-chak ko’p masalliqlarni talab qilmaydigan, ammo juda mazali yegulik! Bu shirinligimizni ta’bingizga qarab har xil yong’oqlar, mak yoki quritilgan mevalar bilan ham bezatishingiz mumkin. Aytgancha, chak-chaklar buralib chiqishi uchun, qovurayotganda tez-tez chovlida aralashtirib turishni unutmang.
Bo’g’rsoq
Albatta Qurbon Hayitini bo’g’irsoqlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bizning xalq odatda bayramdan bir kun oldin qo’shnilar, tanish-bilishlarni bo’g’irsoqlar va palov bilan siylaydi. Bizning batafsil retseptimiz asosida bo’g’irsoqlarni tayyorlash umuman qiyinchilik tug’dirmaydi.
Qush tili
Bayram dasturxonlari to’rini egallaydigan yana bir yegulik bo’lib, u albatta qush tilidir. Bu og’izda erib ketuvchi pishiriqni tayyorlash juda ham oson, ko’pi bilan yarim soat vaqt sarflaniladi. Ammo u ko’ngildagidek chiqishi uchun esa bir nechta ko’rsatmalarga amal qilish kerak bo’ladi.
Paxlava
Ko’pchiligimizning sevimli shirinligimiz sanalmish paxlava pishirig’ini tayyorlash siz o’ylaganchalik qiyin ish emas. Faqatgina bizning ko’rsatmalarga amal qilsangiz bo’lgani.
Chalpak
Chalpaklar asosan oddiy oshxamirdan tayyorlanib, yupqa yoyiladi va bu yupqa pishiriqlarni ko’proq yog’da qovurib olamiz. Chalpaklarning kattaligini tovangizning hajmiga qarab yoyasiz.
Qovurilgan qatlamachalar
Mazali, tez tayyorlaniladigan qovurilgan qatlamalar tayyorlash ko’p masalliqlarni talab etmaydi. Bizning retsept asosida uni tayyorlash juda ham osondir.
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!