fbpx
Qush tili

Qush tili

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Hech bir Hayit bayramini xamirli pishiriqlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Ana shulardan biri “qush tili” pishirig’idir.

Qush tili qarsildoq chiqishi uchun esa unga ozgina arog’ qo’shish kerak. Ammo tashvishlanmang, pishirish jarayonida arog’ bug’lanib ketib, undan asar ham qolmaydi.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 5 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

200 gramm un
2 ta tuxum sarig'i
2 osh qoshiq smetana
2 osh qoshiq arog'
1 osh qoshiq shakar
bir chimdin tuz
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugllandi

Tog'orachaga unni elab solamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Ortidan tuz, shakar, tuxum sarig'i va arog'ni solamiz

Qadam 3
Tugllandi

Qattiqroq xamir qoramiz, agar yumshoq chiqsa, demak yana ozroq undan solamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Xamirni ustini yopib, 20 daqiqa tindirib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Xamirni 2-3 bo'lakka bo'lib, birma-bir yupqa qilib yoyamiz. Qalinligi 3 mm dan oshmasin.

Qadam 6
Tugllandi

So'ng o'zingiz xohlagan shakl va kattalikda kesib chiqasiz.

Qadam 7
Tugllandi

Qizigan yog'da ularni qovurib olamiz, sal soviganidan so'ng esa ustidan shakar upasi sepamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 gramm un
2 ta tuxum sarig'i
2 osh qoshiq smetana
2 osh qoshiq arog'
1 osh qoshiq shakar
bir chimdin tuz
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Videoretsept: “Malakning ko’z yoshlari” pirogi
keyingi
Chalpak

Fikringiz