fbpx
  • Asosiy
  • Salatlar
  • Hyatt Regency mehmonxonasining retseptlari: “Registon” salati
Hyatt Regency mehmonxonasining retseptlari: “Registon” salati

Hyatt Regency mehmonxonasining retseptlari: “Registon” salati

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

“Xiva” restoranining taomnomalari ro’yxatidan  ajoyib salat topdik. Nomini go’zalligini aytmaysizmi –  “Registon”, ayni salatning o’ziga mos. Bosh oshpazdan tayyorlash usulini bilib oldik.

Iliq, mazali,  chiroyli , bu salatga ta’riflar son-sanoqsiz. Ularning barchasini sanab o’tgandan ko’ra, salatni tayyorlab ko’rib, o’zingiz baho berganingiz ma’qul.

Masalliqlar:

2 ta baqlajon
2 ta qovoqcha
2 ta bulg'or qalampiri har xil rangdagi
150 gramm qaynatilgan mol go'shti
qovurish uchun o'simlik yog'i
ta'bga ko'ra tuz va murch
2 shoxcha ko'katlar xohishga qarab
Qadam 1
Tugllandi

Sabzavotlar yuvilib, quritiladi va o’rtacha to'rtburchak shaklda to’g’raladi.

Qadam 2
Tugllandi

Tovaga yog' solib, qizdiriladi va barcha sabzavotlar solib, bir oz qovurib olinadi.

Sabzavotlar yumshab ketmasligi kerak.

Qadam 3
Tugllandi

Qaynatilgan go’shtni to'rtburchak qilib to’g’rang va sabzavotlarga qo’shing.

Tuzlang, murch va mayda to’g’ralgan ko’katlar (ta'bga ko’ra) soling.
Yaxshilab aralashtirib, iliq holda dasturxonga torting. Yoqimli ishtaha!

Hyatt Regency mehmonxonasi xodimlariga suratga olish va yuqoridagi ma'lumotlarni tayyorlash jarayonlarida ko’maklashganlari uchun alohida tashakkur bildiramiz!

  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

2 ta baqlajon
2 ta qovoqcha
2 ta bulg'or qalampiri har xil rangdagi
150 gramm qaynatilgan mol go'shti
qovurish uchun o'simlik yog'i
ta'bga ko'ra tuz va murch
2 shoxcha ko'katlar xohishga qarab
oldingi
Fokachcha (italyancha non)
keyingi
Videoretsept: Beze pishirish sirlari

Fikringiz