Videoretsept: Chak-chak

Videoretsept: Chak-chak

Masalliqlar:

  • Qiyomiga:

Yo’nalishlar

Bugun bizlarning eng sevimli shirinliklarimizdan hisoblanmish, chak-chak pishirig’ini sizlar bilan birgalikda tayyorlaymiz. Chak-chak ko’p masalliqlarni talab qilmaydigan, ammo juda mazali yegulik!

Bu shirinligimizni ta’bingizga qarab har xil yong’oqlar, mak yoki quritilgan mevalar bilan ham bezatishingiz mumkin.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
250 gramm un
3 ta tuxum
bir chimdim tuz
0.5 choy qoshiq iste'mol sodasi
80 gramm eritilgan charvi yoki dumba yog'
50 gramm margarin
1 litr o'simlik yog'i
Qiyomiga:
200 gramm shakar
120 millilitr suv
150 gramm asal
0.5 choy qoshiq limon sharbati
Qadam 1
Tugllandi

Tuxumlarni chaqib idishga solamiz va mikser bilan 5 daqiqa davomida ko'pirtiramiz.

So'ng tuz va sodani solamiz va yana ko'pirtiramiz.

Qadam 2
Tugllandi

Unni solib, o'rtacha qattiqlikdagi xamir qoramiz.

Qadam 3
Tugllandi

Xamirni oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopamiz va 30 daqiqaga chetga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Xamirni olib, 2 mm qalinlikda yoyamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Yoyilgan xamirning faqatgina teng yarmiga eritilgan yog' va margarinni aralashtirib, surtib chiqamiz.

Xamirni ikkiga buklaymiz, ya'ni yog' surtilgan tomoniga surtilmagan yarmini buklaymiz.

Qadam 6
Tugllandi

Xamirni qalinligi 3 sm lentalarga kesib chiqamiz.

Qadam 7
Tugllandi

So'ng ularni eniga 1.5 sm kattalikda kesib chiqamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Qozonga yog'ni solib yaxshilab qizdiramiz.

Qadam 9
Tugllandi

Oz-ozdan xamirlarni solib qovurib olamiz, qovurish jarayonida chovli yordamida aralashtirib tursak chak-chaklar buralib qoladi.

Qadam 10
Tugllandi

Shakar bilan suvni idishga solamiz va 30 daqiqa davomida past olovga qo'yib qaynatamiz.

Qadam 11
Tugllandi

Qiyom biroz quyuqlashgach asal va limon sharbatini solamiz va yaxshilab aralashtiramiz.

Qaynashni boshlaganda darrov olovdan olamiz.

Qadam 12
Tugllandi

Chak-chaklarni idishga solamiz, ustidan qiyomni solib yaxshilab aralashtiramiz.

Likopchaga chiroyli terib chiqamiz.

Qadam 13
Tugllandi

Xohishga qarab ustini turlicha bezatamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 60 daqiqa
  • Serves 4
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
250 gramm un
3 ta tuxum
bir chimdim tuz
0.5 choy qoshiq iste'mol sodasi
80 gramm eritilgan charvi yoki dumba yog'
50 gramm margarin
1 litr o'simlik yog'i
Qiyomiga:
200 gramm shakar
120 millilitr suv
150 gramm asal
0.5 choy qoshiq limon sharbati
oldingi
Tovuqli «popkorn»
keyingi
Pomidor va ismaloq qo’shib tayyorlanilgan pasta

Fikringiz