Fevral: 4-hafta taomnomasi
Bugun yakshanba, demak sizlar uchun tayyorlab qo’ygan taomnomani taqdim etish vaqti keldi.
Marhamat qabul qilib oling!
Dushanba
Qaymoqli qaylada pishirilgan tovuq va brokkolili taom
Tovuq go’shti va brokkolidan tayyorlaniladigan bu taom ajoyib ta’m kasb etadi. Bir xil ta’mli taomlar tayyorlashdan zerikkan bo’lsangiz, unda bunday taom tayyorlashning ayni fursati.
Seshanba
Ko’k somsa
Ushbu somsalarning xamirini tayyorlash esa ko’pchilik uchun yangilik bo’lsa ajab emas! Somsalarni chiroyli chiqishi uchun cho’pchalarda terib chiqsak ham, alohida-alohida tugib chiqsak ham bo’ladi.
Chorshanba
Kartoshkali toblatma (graten)
Graten – gaz pechida qizartirib pishiriladigan ovqat bo’lib, unga ishlatiladigan kartoshka a’lo darajali bo’lishi kerak. Ya’ni: o’rtacha qattiqlikda va katta-katta. Pishloq xohishga qarab tanlanadi. Sarimsoqpiyoz va ziravorlarni ayamang, chunki toblatmamiz mazzasi shu ziravorlarga bog’liqdir!
Payshanba
Qizil loviya va qaymoqli qaylada pishirilgan tovuq oyoqlari
Qaymoqli qaylada pishirilgan xushbo’y tovuq va loviya – tushlik yoki kechki ovqat uchun to’yimli va mazali yechim bo’la oladi.
Ushbu taomni tayyorlashda tovuqning har qanday qismini ishlatishingiz mumkin.
Juma
Frikadelkali turkcha sho’rva
Mana bunday frikadelkali sho’rva ham taomnomangizni boyitib, ajoyib tushlik yoki kechki ovqat vazifasini bemalol uddalay oladi.
Shanba
Bug’da pishirilgan sudak balig’i va kartoshka pyuresi
Bugungi kunni o’zingiz uchun “baliq kuni” deb e’lon qiling va baliqdan yengil, qolaversa nihoyatta mazali taom tayyorlang. Bu ovqat sizga o’zining takrorlanmas ta’mi va oson tayyorlanishi bilan yoqishi aniq.
Yakshanba
Tovuqning lahm sonidan qozon-kabob
Sizning e’tiboringizga mazali ko’rinishga ega ajoyib tamli – qozon-kabob retseptini taqdim etamiz. Ushbu taomni bizning retseptimiz bo’yicha albatta tayyorlab ko’ring va kechki ovqat yoki tushlik uchun oltin rangli kartoshka va huddi shunday tusga ega sersuv tovuq go’shtiga to’la taom yarating.