Yanvar: 3-hafta taomnomalari
Assalomu aleykum, aziz pazandalarimiz! Har haftalik taomnomalar ro’yxatini berishda davom etamiz. Darhol qog’oz-ruchka tayyorlangda yaxshilab joylashib oling, chunki bu yerda siz bir haftaga mo’ljallangan taomnomalar ro’yxatini topasiz.
Hafta taomnomalari ro’yxatini tuzish ko’pgina muoammolarga yechim bo’la oladi: oila a’zolari bir xillikdan qutuladi va bir haftalik bozor ro’yxati qo’lingiz ostida shay bo’lib turadi.
Dushanba
Qovoqli quyuq sho’rva va Vitaminli salat
Dushanba biroz qiyinroq hafta kuni bo’lib, aynan shu kuni yengilgina taomlar xush yoqadi. Shuning uchun ham bugun sizlarga qovoqdan tayyorlangan mayin ta’mli sho’rva va vitaminlarga boy sabzavotli salatni tavsiya qilamiz. Qovoq juda foydali sabzavot bo’lib, hozir ular bozorlarda to’la. Shunday ekan bu imkoniyatdan foydalanamiz.
Seshanba
Videoretsept: Lag’mon va Hyatt Regency mehmonxonasidan «Toshkent» salati
Lag’monni bizning usulda kartoshkalar bilan tayyorlab ko’ring, juda yoqadi. Shirinlikka esa tvorogli bananchalar pishirib oila a’zolaringiz, ayniqsa jajji bolajonlaringizni xursand qiling!
Сhorshanba
«Bolonyeze» qaylali spagetti, zanjabilli choy va shokoladli maffinlar.
Italyancha «Bolonyeze» qaylali spagetti tayyorlab ko’ring, ovqatdan so’ng esa zanjabilli choy va maffinlardan pishiring va pazandachilikdagi mahoratlaringizni boyitib boravering.
Payshanba
Qaynatma sho’rva va paramach, shirinlikka esa murabbodan qilingan pirogni o’zingizda sinab ko’ring. Erinmang, afsuslanmaysiz!
Biz o’zbeklar hech qaysi hafta kunini qaynab tobida pishgan qaynatma sho’rvalarsiz umuman tasavvur etolmaymiz. Sho’rva bilan issiqqina belyashilar esa oromi jondir. O’zingizni sinab ko’ring.
Juma
Befstroganov taomi va qadimiy usulda pishirilgan kartoshka
Bu ikki xil taom bir birini juda to’ldiradi. Pishirib ko’ring, yumshoqqina go’sht va qarsildoq kartoshkaning uyg’unligiga baho bering!
Shanba
Parranda go’shtini sevuvchilarga bu retsept juda ham yoqadi.
Bu usulda pishirilgan tovuq qanotchalari juda ham mazali chiqadi.
Yakshanba
Yakshanba kuni ko’pchilik uchun bayram, chunki aynan shu kuni barcha oila a’zolari jamlanishadi. Kimdir ishidan, yana kimdir esa o’qishidan ortib, bo’sh vaqt topadi. Shunday ekan aynan shu kuni tansiq taomlar pishirishni maslahat bergan bo’lar edik. Quyidagi retsetlarimizga e’tibor qarating, sizlarga yoqadi degan umiddamiz. Tvorogli vareniklar nonushtaga juda ham yaxshi taom. Albatta pishirib ko’ring!
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!