Batafsil fotoretsept: Paramach (belyashi) pishirish

Batafsil fotoretsept: Paramach (belyashi) pishirish

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Go’shtli pishiriqlar ko’pchilikning sevimli yeguligi hisoblanib, ular dasturxonning bezagi ham sanaladi. Afsuski, har doim ham pishirgan bunday xamirli ovqatlarimiz ko’nglimizdek chiqmaydi.

Ammo, bizning usulda tayyorlanilgan belishilar albatta sizlarga yoqadi. Faqat ozginagina mehr qo’shsangiz bas. Kelinglar, endi pishirishni boshlaymiz.  Bu yerda oshirma xamirni to’g’ri tayyorlash batafsil ko’rsatib berilgan.

Masalliqlar:

Xamiriga:
800 gramm un
375 millilitr sut
10 gramm quruq xamirturush
1 choy qoshiq shakar
60 gramm sariyog'
1 choy qoshiq tuz
qovurish uchun o'simlik yog'i
Asosiga:
300 gramm mol go'shtidan qiyma
1 bosh piyoz
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga zira
Qadam 1
Tugllandi

Yuqoridagi manbada sizlarga oshirma xamirni to'g'ri tayyorlashni ko'rsatib bergan edik.

Qadam 2
Tugllandi

Xamirni tayyorlab oshirishga qo'ygan bo'lsangiz, endi asosini tayyorlasak ham bo'ladi.

Qiymani idishga solamiz va ustidan piyozni mayda to'g'rab solamiz. Ziravorlarni sepamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Qiymani olib teng qismlarga bo'lamiz va ulardan koptokchalar yasaymiz. Biz uni 14 ta bo'lakka bo'ldik.

Qadam 4
Tugllandi

Xamir oshgandan so'ng olib, 14 ta bo'lakka bo'lamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Har bir kichkina xamirchalarni aylana shaklda yoyib chiqamiz va ustidan qiymali koptokchalarni qo'yib chiqamiz.

Qadam 6
Tugllandi

So'ng xamirni chetlarini xuddi ramdagidek bukib chiqamiz.

Qizdirilgan yog'da avval ochiq tomonini qovurib olamiz, so'ng ag'daramiz va qiyma ustiga tinmasdan qoshiqda yog' solaveramiz.

Qadam 7
Tugllandi

Pishgan bilishilarni likopchaga qog'oz salfetka ustiga terib chiqamiz va pomidorli qayla bilan dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
800 gramm un
375 millilitr sut
10 gramm quruq xamirturush
1 choy qoshiq shakar
60 gramm sariyog'
1 choy qoshiq tuz
qovurish uchun o'simlik yog'i
Asosiga:
300 gramm mol go'shtidan qiyma
1 bosh piyoz
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga zira
oldingi
Videoretsept: tvorogli vareniklar
keyingi
Uy sharoitida tayyorlangan koreyscha sabzili salat

Fikringiz