Aprel: 1-hafta taomnomasi
Taomnonama ro’yxatini oldindan tuzib qo’yish sizga bozor-o’char qilishda tengsiz yordamchi bo’la oladi. Shunday ekan, haftalik taomnoma ro’yxatiga ko’z yugurtiramiz.
Dushanba
Dimlama va motsarella va ismaloqdan salat
Bugun ko’pchilikning sevimli taomlaridan bo’lmish – dimlama taomini tayyorlang. Bu retseptimiz multivarkasi bor pazandalarimizni juda ham xursand qiladi. Agar sizda multivarka bo’lmasa, hech qisi yo’q, oddiy qozonda tayyorlasangiz ham bo’ladi.
Seshanba
Qizil sabzi va pomidordan tayyorlanilgan quyuq sho’rva, «Smak» salati
Yangicha ta’mdagi sho’rvalardan tayyorlashni xohlaysizmi? Unda qizil sabzi va pomidordan pishiriladigan suyuq taom aynan siz uchun! Bu taom mayin ta’mda, asosiysi esa juda mazali bo’lib pishadi. O’z vazniga e’tibor beruvchi insonlar uchun esa ayni muddao.
Chorshanba
Sabzavotli tovuq sho’rva va pentuza salati
Sovuq qishda, issiqina ovqatlar, ayniqsa sho’rvalar kimga ham yoqmaydi deysiz. Bizning bugungi tovuqli sho’rva ham juda mazali, to’yimli, shu bilan birga vitaminlarga boy ovqat hisoblanadi. Pentuza salati bizlarning eng sevimli salatlarimizdan biridir. Bu salatni bizning usulda tayyorlasangiz, haqiqiy koreyscha pentuzadan umuman farq qilmasligiga guvoh bo’lasiz.
Payshanba
Qo’ziqorin va pishloq qo’shilgan tovuqli taom
Tovuqli taomlarni xush ko’ruvchilar uchun ajoyib retsept! Qo’ziqorin va pishloq qo’shib pishiriladigan mazali tovuqli taom. Bunday ajoyib uyg’unlikdagi taom, har bir oila a’zolaringizga yoqishi aniq.
Juma
Brokkoli va pishloq solib pishirilgan tovuqli taom, pekin karami va makkajo’xoridan tayyorlangan salat
Bunday tovuqli taomdan bir marta ta’tib ko’rsangiz, yana va yana yegingiz kelaveradi. Bu yegulik nafaqat mazali, balki brokkoli va bulg’or qalampiri solinishi sababdan ham, juda foydali hamdir.
Shanba
Mol go’shtidan stir-fray taomi, kartoshka va kolbasali salat
Bu taom Stir-fray bo’lib, bu usulda taom dimlanmasdan balki, yuqori olovda ketma-ket qovurib olinadi. Sabzavotlar bunda o’zining foydali xususiyatlarini yo’qotishmaydi.
Yakshanba
Frikadelkali toblatma, yalpizli aralashma qo’shib tayyorlangan salat.
Kartoshkali pyure va pishloq bilan pishirilgan frikadelkali toblatma juda mazali ta’mda bo’lib, to’yimli tushlik yoki kechki taom bo’la oladi.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.