Nonushtaga nimalar tayyorlash mumkin
Nonushtaga tayyorlash mumkin bo’lgan yeguliklar jamlanmasi bilan sizlarni tanishtirib o’tamiz.
Apelsinli granola
Bu granola o’zining apelsin-yong’oqli ta’mi bilan sizga juda yoqsa, uning to’yimliligi esa kun davomida tetik yurishingizda yordam beradi. Granolani oldindan tayyorlab qo’ysangiz, xohlagan vaqtda lazzatli nonushtadan bahramand bo’lasiz va anchagina vaqtingizni tejaysiz.
Аmerikancha pankeyklar
Haqiqiy amerikancha pankeyklardan qanday tayyorlash sirlarini quyidagi bir daqiqalik videoretseptimizda o’zlashtirib olasiz. Pankeyklardan tayyorlang va yaqinlaringizni xursand qiling.
Tvorogli pankeyklar
Nonushtani mazali va foydali qilishni istasangiz, unda sizga tvorogli pankeyklar yordam beradi.
Quyidagi masalliqlardan 16-18 dona pankeyklar hosil bo’ladi.
Gaz pechida pishirilgan quymoq (omlet)
Bu quymoq fransuz oshxonasining durdonasidir. Serhavo va shishib chiqadigan bu quymoqqa un ham, kraxmal ham solinmaydi. Quymoq shishib, xuddi suflega oʻxshab chiqishining bir nechta siri mavjud boʻlib, bizlar bajonidil bu sirni sizlarga ham oshkor etamiz.
Olmali quymoqchalar
Olmani xush ko’ruvchilar uchun bizlar yana bir ajoyib retseptni taqdim etamiz. Olma solib pishiriladigan quymoqchalar b1`utun oila a’zolari uchun birdek foydali yegulik sanaladi. Bunday pishiriqlar uchun iloji boricha nordon-shirin ta’mli qattiq olma navlaridan foydalanish kerak bo’ladi.
Do’mboq quymoqchalar
Yumshoq va do’mboqqina chiqadigan bunday quymoqchalar har kimning ham ishtahasni ochib yuborishi aniq.Quyidagi masalliqlardan 15 ta quymoqcha hosil bo’ladi.
Lavashdan tayyorlanilgan mazali pishiriq
Bunday oddiy lavashdan juda mazali pishiriq pishirish mumkin deb kim ham o’ylabdi deysiz?! Buning uchun tayyor lavashdan foydalanamiz, asosini tayyorlash ham umuman qiyinchilik tug’dirmaydi. Bunday pishiriqlar issiqligida juda ham mazali bo’lib, sizni qayta va qayta tayyorlashga undashi aniq.
Tovuq va tuxumli maffinlar
Tovuq go’shti va pishloq solib tayyorlangan maffinlar juda yengil ta’mli bo’lib, kaloriyasi pastligi sabab ham parhez tutuvchilar uchun ayni muddaodir.
Nonushtabop galetalar
Bugun sizlarga nonushtaga tayyorlasa bo’ladigan juda mazali galetalar retseptini yana bir bor eslatib o’tmoqchimiz. Tavsiya: agar xamir va asosni bir kecha oldin tayyorlab qo’ysak, ishingiz anchagina yengillashadi!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.